Ellinizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 13:
E. davrida turli xalqlarning madaniyat darajalari har xil boʻlgan boʻlsada, oʻziga xos rivojlanish yuz bergan edi. Ellinistik mamlakatlarda tabiiy fanlar (jumladan, matematika), kemasozlik, harbiy sanʼat va shaharsozlik rivoj topdi. Dengiz sohillariga koʻpgina mayoqlar qurildi, savdo yoʻllari barpo etildi, savdo kemalari koʻproq yuk koʻtaradigan va tezroq suzadigan darajaga yetdilar.
 
Taraqqiyot asosan ilm-fan borasida boʻlib, avvalo, yunonlarning ilk bor Sharq madaniyati bilan yaqindan tanishishlari ularning ongini yana ham kengaytirib, fanning rivojiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Shu davrda ijod qilgan olimlardan Evklid, Arximed — matematikani; Aristarx, Gipparx — astronomiyani; Eratosfen — geografiyani yuksak darajaga koʻtarib, jahon ilmining kelgusi taraqqiyotiga yoʻl ochdilar. Olimlar, shoirlar va sanʼat ahlining ishlari uchun qulay sharoit tugʻdirish maqsadida Misrning dastlabki Ptolemey xoqonlari Iskandariya shahrida hoz.hozirgi fanlar akademiyasiga oʻxshash muassasa — "muzey", yaʼni muzalar koshonasi ochadilar. Yunonistonning turli yerlaridan chaqirilgan olimlar muzey darsxonalarida maʼruzalar oʻqiydilar, lab.larda har xil tajriba ishlari oʻtkazadilar. Muzey qoshida maxsus kutubxona boʻlgan. Mil. av. 3-asrning oʻrtalarida muzey qiroatxonalarida yarim mln.ga yaqin papirus oʻramlari saqlangan. 2-asrning boshlarida tashkil etilgan Pergam kutubxonasining fondi Iskandariyanikidan qolishmas edi. Iqtisodiy raqobat tufayli, Ptolemeylar hukumati Misrdan Pergamga papirus chiqarishni taqiqlab qoʻyishganida, pergamliklar teridan ishlangan va "pergament" deb ataluvchi maxsus yozuv materiali kashf qildilar. Olimlar esa muzeylarda badiiy asarlarning faqat matnini tekshirish, yaʼni ularning toʻgʻriligini aniqlash, xatolarini tuzatish, boshqalar tomonidan kiritilgan qoʻshimchalarni chiqarib tashlash va h.k. ishlar bilan shugʻullanganlar. Shu tariqa E. davrida adabiyotshunoslik — filol. ilmi yuzaga keldi. Iskandariya filologlari, asosan, Gomer asarlarini oʻrganganlar.
 
E. davrida ilm-fan, maʼrifat, madaniyat, sanʼat va adabiyot tamomila ellin hukmdorlari tasarrufida boʻlgan. Iskandariya muzeyining xodimlari davlatdan maosh olganlar, maxsus binolarda yashaganlar, kutubxona rahbarlari esa podshohlarning valiahdlariga tarbiyachi boʻlganlar. E. davrida keng yoyilgan falsafiy taʼlimotlar Misr hukmdorlarining manfaatlariga zid boʻlganligi bois Iskandariya muzeylarida falsafa bilan shugʻullanish taqiqlangan. Binobarin, Afina shahri yunon olamining falsafa markazi boʻlib qolgan va yangidanyangi taʼlimotlar shu yerda yuzaga kelib, keyin boshqa tomonlarga tarqalgan.