Epistolyar adabiyot: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
'''Epistolyar adabiyot''' (yun. — xat, maktub, noma) — xat, noma shaklida yaratilgan turli xil asarlar (mas, epistolyar roman). E.a.ga atoqli arboblarning madaniytarixiy ahamiyatga ega boʻlgan yozishmalari ham kiradi (mas, Alisher Navoiyning "Munshaot" asari). [[No[[ma]] adabiy janr sifatida yunon va rim adabiyotida (Sitseron, Goratsiyning sheʼriy maktublari), shuningdek, Sharq adabiyotida keng tarqalgan (q. [[No[[ma]]).
 
18-asrda maktub shaklida romanlar yozish Yevropada odat tusiga kirgan (S.Richardsonning "Pamela", 1740; J.JRussoning "Yuliya yoki Yangi Elioza", 1761 va boshqalar). 19-asrda E.a. tarixiy hikoya, oilaviy xronika tarzida rivoj topdi (I.S. Turgenev, "Faust"; F.Dostoyevskiy, "Faqir kishilar"). 20-asrda, ayniqsa, 2-jahon urushi yillarida maktub shaklidagi E.a. muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Hoz. oʻzbek adabiyotida epistolyar shakldan O.Yoqubov, Oʻ.Hoshimov, A.Ibrohimov kabi yozuvchilar unumli foydalanmoqdalar. Xususan, Abduqahhor Ibrohimovning "Uyqu kelmas kechalar" romani boshidan oxirigacha asosiy qahramon Faxri Kamolning sevgilisi Yoqutxonga yoʻllagan xatlaridan iborat. Shuningdek, hoz.hozirgi paytda E.a.ning sheʼriy maktublar, murojaatnoma, ochiq xat (asosan, adabiy tanqidchilikda) kabi shakllari ham mavjud.
 
{{stub}}