Gazeta: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 15:
Demokratax qadriyatlarning , siyosiy erkinliklarning umumjahon miqyosida eʼtirof qilinishi va jamiyat hayotiga singishi tufayli G.lar yoʻnalishi va mazmunida jiddiy oʻzgarish-lar sodir boʻladi. Demokratik rivojlanish yoʻlidan borayotgan mamlakatlarda G.lar oʻzlarini shaxe va jamiyat manfaatlarining himoyachisi sifatida namoyon etmoqdalar.
 
G.chilik taraqqiyoti Oʻzbekistonda ham oʻz tarixiga ega. Bu yerda 19-a.ning 70-y.laridan "Turkestanskiye vedomosti" G.sining chiqa boshlashi Turkistonda davriy matbuotning ibtidosi boʻldi. Unda oʻlka tarixi, madaniyati, geogr.si, etnografiyasi, sanoati va b.ga oid maqolalar bosilgan. Shu bilan bir vaqtda oʻzbek tilida "Turkiston viloyaining gazeti" ham nashr etila boshladi. 1917 y.gacha Turkistonda bu ikki G.dan tashqari, turli vaktlarda oʻzbekcha va ruscha (baʼzan qirgʻiz va tojik tillarida) 100 dan ortiq G.lar chiqqan. Ular asosan savdo, sanoat markazlari — Toshkent, Samarqand, Ashxobod, Qoʻqon, Andijon, Fargʻona va b. shaharlarda nashr etilgan. Bular vazifasi, davriyligi va b. xususiyatlari jihatidan turlicha edi. 20-a. boshida hoz.hozirgi Oʻzbekiston hududida taraqqiyparvar oʻzbek maʼrifatchilari tomonidan nashr qilingan "Tarakkiy", "Xurshid", "Shuhrat" (1906—07), "Buxoroyi Sharif", "Samarkand", "Sadoi Turkiston", "Sadoi Fargʻona"( 1912—15), "Najot", "Fargʻona nidosi", "Turk eli", "Xurriyat", "El bayrogʻi" (1917—18) kabi G.lar milliy gazetachilik tarixida munosib oʻrin egallaydi. Ularda milliy taraqqiyot muammolari oʻz ifodasini topgan. Ayniqsa "Taraqqiy" birinchi bor erkinlik, tenglik gʻoyalarini ilgari surdi, jadidlarning qarashlariga moslashib, istiqlolning maʼnaviy zamini masalasiga katta eʼtibor berdi. Shuning uchun ham OʻzR Oliy Kengashi "Taraqqiy" G.sining 1-soni chiqqan 27 iyun (1906) sanasini oʻzbek jurnalistlarining kasb bayrami — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi (1993).
 
Oʻzbekistonda shoʻro tuzumi davrida oʻzbek va b. mahalliy tillarda, shuningdek rus tilida yangi yoʻnalishdagi G.lar tizimi tarkib topdi. Bularning barchasi ("Sovet Oʻzbekistoni", "Pravda Vostoka", "Haqiqati Oʻzbekiston", "Qishloq haqiqati", "Oʻqituvchilar gazetasi", "Yosh leninchi" va b.) kommunistik mafkura na-zorati ostida nashr etilgan, totalitar tuzum maqsadlariga xizmat qilib, kompartiya xohish-irodasini ifoda etgan. Ularning sahifalarida xalq tarixini soxtalashtiruvchi, milliy qadriyatlarni yerga uruvchi, mamlakatdagi yakka hokimlik siyosatini keng qoʻllabquvvatlovchi, dahriylikni targʻib etuvchi maqolalar koʻplab bosilgan. Oʻzbekistan mustaqillikka erishgach (1991), G.larga mafkuraviy yakkahokimlik barham topdi. Shundan soʻng mavjud G.lar oʻz siyosiy yoʻnalishini, mazmun-mohiyatini tubdan oʻzgartirdi. Ayrimlarining nomi ham oʻzgardi: "Sovet Oʻzbekistoni" — "Oʻzbekiston ovozi", "Haqiqati Oʻzbekiston" — "Ovozi tojik", "Qishloq haqiqati" — "Qishloq hayoti", "Oʻqituvchilar gazetasi" — "Maʼrifat", "Yosh leninchi" — "Turkiston", "Lenin uchquni" — "Tong yulduzi" nomi bilan chiqa boshladi .