Gazlar: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
en:Gas bilan bogʻlandi |
DastyorBot (munozara | hissa) k hoz. → hozirgi |
||
Qator 1:
'''Gazlar''' (frans. gaz) — modda holatlaridan biri. Har bir modda t-ra va bosim oʻzgarishiga qarab qattiq, suyuq va gaz holatda boʻladi. Mac, suv qattiq (muz), suyuq (suv) yoki gaz (bugʻ) holatda boʻlishi mumkin. G. molekulalari siqiluvchan, harakatchan, zichligi juda kichik, birbiri bilan tez aralashadi. G. tashqi taʼsir boʻlmaganda idish hajmining hammasini egallaydi. G. molekulalari orasidagi tortishish kuchi qattiq va suyuq jism molekulalarinikidan ancha kichikdir. Normal sharoit (273, 15K t-ra va 1,01 105 Pa bosim)da G. zichligi suyukliklar zichligiga nisbatan 1000 baravar kam yoki gaz molekulalari orasidagi masofa suyuqliklarnikiga nisbatan 10 baravar katta boʻladi. Shunday boʻlsa ham normal sharoitda 1 sm3 gazda 310" dona molekula bor. G. uchta kattalik: bosim (r), hajm (V) va t-ra (T) bilan ifodalanadi. Bu kattaliklar maʼlum boʻlsa, gaz holatini aniqlash mumkin. r, V va T kattaliklarning oʻzgarishi bir-biriga bogʻliq. Holatining oʻzgarishiga qarab, G. har xil xususiyatli boʻladi. Mas, kuchli siqilgan gazning fizik xususiyatlari normal bosimdagi gaznikidan farq qiladi. Normal bosim va t-radagi G. holati Klapeyron tenglamasi ifodalanadi Bu tenglamada molekulalarning oʻzaro taʼsir kuchi va xususiy hajmi hisobga olinmagan, shuning uchun bu qonunga boʻysunuvchan G. ideal G. deyiladi. Tabiatda ideal G. yoʻq, lekin normal sharoitdagi va yana ham yuqori t-ra va past bosimdagi G.ga Klapeyron tenglamasini tatbiq qilish mumkin. Bosim juda yuqori va t-ra juda past boʻlgan sharoitda Van-der-Vaals tenglamasi R + -jkW ‘ b) = f RT tatbiq qilinadi. Bunda Pi = -^g — molekulalarning oʻzaro taʼsiridan paydo boʻlgan ichki bosim, — molekulalarning xususiy hajmi; a — berilgan G. uchun oʻzgarmas kattalik. Van-der-Vaals tenglamasiga boʻysunuvchi G. real G. deyiladi. Normal sharoitda G.da issiqlik oʻtkazuvchanlik, diffuziya hodisalari va b. ichki hodisalar kuzatiladi. Bu hodisalar molekulalarning doimo tartibsiz harakati va bir-biri bilan toʻqnashuvi natijasidir Normal sharoitda G. oʻzidan elektr toki oʻtkazmaydi, lekin bosim va t-raning oʻzgarishi bilan G.ning bu xususiyati oʻzgaradi. Har qaysi real gaz oʻziga xos kritik t-ra (Tk) gacha sovitilganda suyuqlikka aylanadi. Mas, suv uchun Tk=374,2°K, shunda suv bugʻ holatida, kislorod uchun TK=91,14°K, shunda u gaz holatida boʻladi va h.k.
G.ning barcha turlari moddiy dunyoning ham energetik boshqaruvchisidir, chunki kislorod-azot G. aralashmasi yoqilgʻilarni (ichki energiyasi moʻl moddalar majmuasi) turli sohalarda yoki umuman tabiatda yonishi (vulkanlar harakati, katta oʻrmon hududlarining oʻt olishi va b.) maʼlum darajada planetamizning
Ahmadjon Alimov.
|