Geomorfologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
'''Geomorfologiya''' (geo..., yun. morphe — shakl va ...logiya) — yer yuzasining relyefi haqidagi fan. G. quruqlik hamda okean va dengizlar tubining tashqi qiyofasini, kelib chiqishi, yoshi tari-xiy taraqqiyoti, hoz.hozirgi dinamikasi va tarqalishi qonuniyatlarini oʻrganadi. Hoz. geologik davrdagi relyefni G. yer yuzasining oʻtmishdagi taraqqiyotining yakuni sifatida oʻrganadi.
 
Yer yuzasi bir tomondan Yer poʻstini va ikkinchi tomondan gidrosfera hamda atmosferani bir-biridan ajratib turadigan chegaradir. Yer yuzasiga bir vaqtning oʻzida relyefni paydo qiluvchi endogen jarayonlar va ekzogen jarayonlar taʼsir etadi. Ogʻirlik kuchining bevosita taʼsiri ostida sodir boʻladigan gravitatsiya jarayonlari ham relyef hosil qilish ahamiyatiga egadir. Yer—Quyosh—Oy sistemasining oʻzaro tortishish kuchi ham yer relyefi ga katta taʼsir koʻrsatadi (dengiz va okean suvlarining , Yer poʻstining koʻtarilib-pasayib turishi). Kishilik jamiyatining faoliyati yer relyefining oʻzgarishida katta omil hisoblanadi.