Gvineya-Bisau: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 7:
Aholisi balante, mandyak, mandinka, fulbe, manjak va b. elatlardan iborat. Rasmiy tili — portugal tili. Shahar aholisi 19,9%. Aholining yarmidan kupi mahalliy, anʼanaviy dinlarga, 35% i islom diniga eʼtiqod qiladi, bir qismi xristianlar. Yirik shaharlari: Bisau, Bolama, Gabu, Kasheu.
 
Tarixi. G.-B. xalqining qad. va oʻrta asrlardagi tarixi oʻrganilmagan. 15-a. dan boshlab Portugaliya mustamlakachilari hoz.hozirgi G.-B. hududini qul bozoriga aylantirdilar. 16 — 18-a. larda portugaliyalik qul savdogarlari bu yerda bir necha tayanch bazalar (Farin, Kasheu, Bisau va b.) kurib, yuz minglab qullarni Amerika va Vest-Indiyaga olib ketdilar. 19-a. da Afrikani boʻlib olish boshlangan vaqtda Portugaliya G.-B. ustidan nazoratni yanada kuchaytirdi. 1879 y. alohida mustamlaka deb eʼlon qilindi.
 
G.-B. aholisi mustamlakachilarga qarshi keskin kurashib, tayanch bazalariga teztez hujum qilib turdi. 1908 y. mustamlakachilarga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni 1915 y. gacha davom etdi. 2jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati keng tuye oldi. 1951 y. da G.-B. Portugaliyaning "dengiz orti viloyati" maqomini olgan bulsada, mustamlaka holati oʻzgarmadi.