Hayvonlar: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
DastyorBot (munozara | hissa) k hoz. → hozirgi |
||
Qator 7:
H. hujayraviy tuzilishga binoan bir hujayra va koʻp hujayralilarga ajratiladi. Bir hujayralilarda bitta hujayraning oʻzi tirik organizm uchun xos boʻlgan deyarli barcha xususiyatlarga ega. Tuban koʻp hujayralilar — plastinkasimonlar tanasi bir necha funksiyani (harakatlanish, qoplash, oziqlanish) bajaradigan, kam ixtisoslashgan hujayralardan iborat. Gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, taroqlilar tanasi 2 qavat (ektoderma va entoderma) boʻlib joylashgan nis-batan ixtisoslashgan hujayralardan iborat, lekin toʻqima va haqiqiy organlar shakllanmagan; birmuncha murakkab tuzilgan. H. toʻqima va organlari ontogenezda 3 ta murtak varaqlari (ektoderma, endoderma va mezo-derma) hisobidan hosil boʻladi. Mas, ektodermadan nerv sistemasi. sezgi organlari, teri va uning hosilalari; endodermadan ichak, nafas organlari, sekretsiya bezlari; mezodermadan suyak, muskul, qon aylanish, ayirish sistemasi organlari shakllanadi.
3 qavatli H. birlamchi ogʻizlilar (halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyokdilar) va ikkilamchi ogʻiz-lilar (ignatanalilar, xordalilar)ga ajratiladi. Anʼanaga koʻra barcha H. umurtqasizlar (koʻpchilik H.) va umurtqalilar (xordalilar)ga boʻlinadi. Tuzilishi va oʻzaro filogenetik bogʻlanishiga binoan hayvonot dunyosi kenja dunyo, tip, sinf va b. taksonlarga ajratiladi. Odatda, hayvonot dunyosi 16—25 (baʼzan 10—33 ta) tipga ajratiladi. Ayniqsa tuban tuzilgan umurtqasizlarni sistemaga solishda koʻp chalkashliklar mavjud. Mas, 20-a.ning 60-y.larigacha bir hujayralilar faqat bitta tip sifatida oʻrganilgan boʻlsa,
Tabiatda va odam hayotida H. katta ahamiyatga ega. H. — barcha ekosistemalarda oziqlanish zanjirining asosiy tarkibiy qismi. H. oʻsimliklar bilan oziqlanib, oʻzlashtirgan moddalarining yana tuproqqa qaytarilishiga, binobarin oʻsimliklarning oʻsishiga imkon beradi. Oʻsimlik va H. qoldigʻi bilan oziqlanadigan H. Yer yuzini organik qoldiqlardan tozalab, tabiiy sanitarlik vazifasini bajaradi. Yirtqich H. tabiatda zararkunanda H.ning sonini cheklab turishga yordam beradi. H. odam hayotida ham katta ahamiyatga ega. Ulardan bir qancha turlari ovlanadi; uy hayvonlari goʻsht, sut, jun, teri va boshqa q.x. mahsulotlari olish maqsadida va transport vositasi sifatida boqiladi. H. orasida q. x., odam va H.ga ziyon keltiradigan parazit turlari ham koʻp. Odam faoliyatining tabiatga taʼsiri tobora kuchayib borishi bir xil turlar sonining keskin qisqarib ketishiga olib keldi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra
== Adabiyot ==
|