Hindiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 23:
 
== Tarixi ==
Arxeologik topilmalar H.da odamlar tosh davridayoq yashaganligidan dalolat beradi. Mil. av. 3-ming yillikning 2-yarmi — 2-ming yillikning 1-yarmida Hind daryosi vodiysida yuksak darajada rivojlangan sha\ar madaniyati vujudga kelgan (q. [[Xarappi madaniyati]]). Mil. av. 2-ming yillikning 2-yarmida shim.-gʻarbdan H.ga oriylar kirib kslib, avval Pan-job, keyinchalik Gang daryosi nodiysida joylashdilar. Mil. av. 6-a.da shimoliy H.ning sharqiy qismida, Gang va Jamna daryolari havzalarida Maga-y\"adavlati boʻlgan. Mil. av. 6—4-a.larda iqtisodiy taraqqiyot qad. hind jamiyatida turmush sharoitlarini ancha oʻzgartirdi. Kullar va yollanma ishchilarning mehnatidan dehqonchilik, hunarmandchilik va konchilik ishlarida foydalanildi. Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi diniy-sektantlik harakatini paydo qildi, oqibatda buddizm va jaynizm dinlari vujudga keldi. Mil. av. 4-a. oʻrtalarida Nandalar sulolasi davrida qariyb butun Hind daryosining vodiysi magadha davlati tasarrufida boʻlgan. magadha davlati ravnaq topgan davrda Hind daresi havzasining bir qis-mini Axomaniilar bosib oldi. Mil. av. 327—325 y.larda H.ga Iskandar Maqduniy bostirib kirdi. Magadha davlatining bosqinchilik urushlari Mauriylar imperiyasi davrida ham davom etdi. Podsho Ashoka hukmronligida qariyb butun H. va hoz.hozirgi Afgʻo-nistonning bir qismi Mauriylarga qarashli edi. Mil. 1-a.da H. shim.ning katta qismi kushonlar qoʻl ostiga oʻtdi (q. [[Kushon podsholigi]]). Kushonlar davlati yemirilgach, 4-a.da H. shim.da yana Magadha dalvati ravnaqtopdi. Keyinchalik Guptalar sulolasi davrida shimoliy H.ning talaygina qismi — sharqda Bengaliya qoʻltigilan garbda Panjob va Katxiyavar ya.o.gacha boʻlgan hudud Magadha davlati tarkibiga kirdi. Xuddi shu davrda Dekapda Vakata-ka, Pallavlar, Vanga kabi davlatlar mavjud boʻlgan. 2—4-a.larda bu yerda quldorlik tuzumi yemirila boshlagan. 6— 12-a.larda H.da bir necha davlat mavjud boʻlgan. 7-a.ning 1-yarmida mahalliy podsholardan biri Harsha H.shim. dagi bir necha davlatlarni zabt etib, Harsha imperiyasiga asos soldi. Bu imperiya 30 y. hukm surdi. 8-a. boshlarida arablar Sindni bosib oldilar. 11-a. boshlarida Mahmud Gʻaznaviy H. shim. ga bir necha marta hujum qilib, Panjobning bir qismini oʻz davlati tarkibiga qoʻshib olgan. 12-a. oxiri — 13-a. boshlarida H. shim.ni Gʻuriylar davlati hukmdori Muhammad Gʻuriy zabt etdi. Uning oʻlimidan soʻng Gʻuriy noiblaridan biri Qutbiddin OyboqDe^li sultonligiga asos soldi. 14—15-a.larda hind rojalarining hokimiyati saqlangan Rajputana (q. [[Rojasthon]]) dan tashqari H. shim.da mustaqil Jaunpur, Bengaliya, Gujarot, Malva hamda Dekanning shim.
 
da Baxmoniy sul-tonligi paydo boʻldi. Afgʻonlarning Loʻdiylar sulolasi hukmronligi davri (1451 — 1526)da Gang daryosi vodiysining talaygina qismi sultonlikka qoʻshib olindi. 15-a. oxirida H.ga dastlabki yev-ropalik mustamlakachilar — portugallar kirib keldi va 16-a.ning 1-yarmida ular dengiz sohiliga joylashib oldilar. 1526 y. aprel
Qator 51:
Mamlakatda sogʻliqni saqlash amaliyotida xalq tabobati ham keng qoʻllaniladi. Tibbiyot xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida, 16 tish vrachlari kollejlarida va 12 boshqa tibbiyot bilim yurtlarida, oʻrta tibbiyot xodimlari 480 tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Mamlakatda koʻplab tibbiyot markazlari, zamonaviy shifoxona va ambulatoriya tarmoqlari mavjud. Asosiy kurort maskanlari: Gujarot shtatidagi Titxal, Ubxrat, Diu, Daman, Maharashtra shtatidagi Madha, Marv, Karnatakadagi Ullal, Udili, Mangamuru va b.
 
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. H. mustaqillikka erishgan naytda mamlakat aholisining 96% savodsiz boʻlgan. 1949 y.da qabul qilingan konstitutsiya boʻyicha 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepud majburiy talim joriy etildi. 2005 y.da savodxonlik darajasi 52% ga yetdi. Mamlakatda katta yoshdagi aholi oʻrtasida savodsizlikni tugatish maqsadida maxsus maktablar ochilgan boʻlib, ularda 120 mln. kishi shugʻullanadi. H.da xalq taʼdimi tizimi maktabgacha taʼlim muassasalari, boshlangʻich va kichik asosiy maktab, toʻliqsiz oʻrta va toʻliq oʻrta maktabdan iborat. Mala-kali ishchilar hunar bilim yurtlarida tayyorlanadi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish muddati 5—6 y. va oʻqish pulli. Davlat oʻquv yurtlari bilan birga xusu-siy oʻquv yurtlari ham mavjud. mamlakatda 219 universitet va in-t hamda 7 mingdan ziyod kollej bor. Yirik va qad. oliy oʻquv yurtlari: Bombay universiteti, Kal-kutta universiteti, Chennay universiteti va b. asosiy kutubxonalari: Kalkuttadagi milliy kutubxona (1902 y. tashkil etilgan), Dehlidagi ommaviy kutubxona (1951), Chennaydagi ommaviy markaziy kutubxona (1896) va b. Mamla-katda 460 dan ortiq muzey faoliyat yuritadi. Yiriklari: Chennaydagi davlat muzeyi (1851 y. tashkil etilgan), Dehlidagi hoz.hozirgi zamon sanʼati milliy galereyasi (1954), Yangi Dehli (Nyu-Deli)dagi Milliy muzey, Varanasi sh.dagi Sanʼat muzeyi, Kalkuttadagi Hindiston muzeyi (1814), Birla Texnologiya muzeyi, Bombaydagi Gʻarbiy Hindiston muzeyi, Dehlidagi J.Neru (1964), M.Gandi (1948) memorial muzeylari.
 
H.da ilmiy tadqiqotlar universitet va maxsus markazlar-da, ilmiy jamiyat va assotsiatsiyalarda, fanlar aka-demiyalarida olib boriladi. Hindiston milliy fanlar akademiyasi eng yirik ilmiy muassasa hisoblanadi. I.t.larga Ilmiy va sanoat tadqiqotlari ksngashi, Atom energiyasi boʻyicha komissiya, Q.x. tad-qiqotlari boʻyicha H. kengashi, Tibbiyot tadqiqotlari boʻyicha H. kenga-shi, Un-tlarni mablagʻ bilan taʼminlash komissiyasi, Mudofaa tadqiqotlari tashkiloti rahbarlik qiladi. Hindiston ilmiy kongressi assotsi-atsiyasi H.ning eng ommaviy ilmiy jamiyatidir. H.da 130 maxsus i.t. muassasasi, 700 dan ortiq ixtisoslashgan laboratoriya i.t.lar olib boradi. Mamlakatda i.t. bilan 2,5 mln. kishi shugʻullanadi.