Ijtimoiy falsafa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
'''Ijtimoiy falsafa''' - falsafa fanining jamiyat va uning taraqqiyoti qonuniyatlarini oʻrganuvchi sohasi. I. f. insonlarning amaliy faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ham taxlil qiladi. Insonlar turli faoliyatlari jarayonida oʻz hayotlari uchun zarur boʻlgan moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni, maʼnaviy va ijtimoiy muhitni yaratadilar va bu ja-rayonda oʻzaro turli munosabatlar oʻrnatadilar. Bular i.ch., siyosiy, axloqiy, oilaviy va b. ijtimoiy munosabatlardir. Jamiyat esa oʻzaro ijtimoiy munosabatlarda boʻlgan insonlardan tashkil topadi. Insonlarning turli faoliyati ular ijtimoiy hayotining asosiy maz-munini tashkil etadi va jamiyat ta-raqqiyotini belgilaydi. I.f. insonlar faoliyati va ijtimoiy munosabatlarining obʼyektiv va subʼyektiv tomonlarini taxlil qiladi. I.f.ning asosiy masalasi — insonlarning ongi, tafakkuri, borligi, turmushidir. Bu, bir tomondan, ularning maqsadlari, iqtisodiy, siyosiy, axloqiy va h.k. moʻljallarini, ikkinchi tomondan, ular hayoti va faoliyatining obʼyektiv shartsharoitlarining oʻzaro bogʻliqdigini oʻz ichiga oladi. Jamiyat taraqqiyoti qrnuniyatlarini idealistik yoki materialistik talqin qilish mumkin. Idealistik nazariya jamiyatdagi barcha oʻzgarishlarning sababchisi insonlarning ongi yoki dunyoviy ruh deb tushuntiradi. Unga koʻra, jamiyatda insonlar ongli ravishda faoliyat koʻrsatadilar, chunki ular biron-bir ish qilishdan oldin uni oʻz onglarida, tafakkurlarida uz maqsadlari va uning mohiyatini aqlan tasavvur qiladilar. Yaʼni, bajaradigan ishlari, faoliyatlarining gʻoyaviy, aqliy rejasi uning amaliy natijasidan oldin tuziladi. Bundan ong birlamchi, boshqa hamma narsa ikkilamchi, ongning mahsuli va ong tomonidan belgilanadi, moddiy va maʼnaviy boyliklar, boshqa ijtimoiy hodisalar ongning , umuman inson hayotidagi maʼnaviyatning mujassamlanishi va ifodasidir, deb talqin qilinadi. Bu insoniyat tarixida aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan, maʼnaviyatning moddiy i.ch.dan ajralib chiqishi bilan ham tasdiqdanadi, deb xulosa chiqariladi. Idealistik I. f. tarafdorlari asarlarida jamiyat va inson faoliyatining turli sohalariga oid xil-maxil fikrlar mavjud. Nemis mum-toz falsafasi vakillari I. Kant, G. Gegel, fransuz faylasuflari O. Kont va E. Dyurkxeym, hoz.hozirgi zamon pozitivizmi, ekzistensializm va b. yoʻnalishlar vakillarining ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashlari muhim ahamiyatga ega.
 
Materialistik nazariya esa barcha oʻzgarishlar negizida insonlarning moddiy turmushi, ularning ijtimoiy borligi yotadi, deb tushuntiradi. Bular ijtimoiy va individual ongning paydo boʻlishi va rivojlanishining obʼyektiv asosidir, deb hisoblaydi. Hozir ham idealistik va materialistik dunyoqarashlar oʻz ahamiyati va dolzarbligini yoʻqotmagan. Ijtimoiy-falsafiy fikr sohasida mavjud boʻlgan koʻpchilik yoʻnalish va maktablar shu ikki oqim tarafdorlaridir. I. f. sohasidagi plyuralizm ijobiy ahamiyatga ega, chunki u ijtimoiy hayotdagi hodisalarni talqin qilishdagi biryoqlamalikdan voz kechishga, tarixiy jarayondagi moddiylik va maʼnaviylikning oʻzaro aloqasini chuqurroq taxlil qilishga imkon beradi. I. f. — tarix, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ijtimoiy psixologiya, huquq, etika va b. ijtimoiy fanlar uchun metodologiya rolini oʻynaydi. I. f. dunyoqarashni shakllantirish, nazariy, uslubiy va voqeahodisalarni oldindan aytish vazifalarini bajaradi. Dunyoqarashni shakllantirish vazifasi insonning jamiyatdagi oʻrni, turmushi, moddiy va maʼnaviy shartsharoiti, hayot maqsadlari toʻgʻrisidagi masalalarni qamrab oladi. I.f.ning nazariy vazifasi ijtimoiy taraqqiyot jarayonining mohiyati, mazmuni va yoʻnalishini asoslab beradi. Uslubiy vazifasi ijtimoiy hayotdagi ayrim hodisa va jarayonlarni turli ijtimoiy fanlar tomonidan tadqiq etishda uning qonuniyatlari va kridalaridan foydalanishdan iborat. I.f.ning oldindan aytish (ba-shorat qilish) vazifasi jamiyat, uning ayrim tomonlari taraqqiyoti, inson faoliyatining yaqin va boʻlajak oqibatlarini oldindan aytib berishdan iborat. I.f.ning mazkur vazifalari falsafiy tafakkur nazariyasi va uslubini egallagan har bir inson ongining takomillashuvida namoyon boʻladi. Falsafiy tafakkur esa jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy hodisalarni anglash va amaliy vazifalarni hal qilishning muhim vositasidir.