Vikipediya:Qoida va koʻrsatmalar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MerlIwBot (munozara | hissa)
Qator 98:
Koʻp hollarda yangi maqolani yaratgandan koʻra, mavjud maqolani toʻgʻrilash va toʻldirish foydaliroq, chunki bir nechta oʻxshash maqolalardan koʻra bitta katta maqolani saqlash mantiqan toʻgʻri. Agar siz mavjud maqolada terishda yoʻl qoʻyilgan xato, faktik xato yoki eskirgan maʼlumotlarni koʻrsangiz, dadil tahrirlang. Bu bilan siz hamma boʻlajak oʻquvchilarga yordam berasiz.
 
Temur Toshtemirov 1991-yil 12-oktabrda O'zbekistonning Samarqand shahrida tug'ilgan
=== Bilgan va qiziqqan narsangiz haqida yozing ===
Yangi maqolalarni faqatgina bu maqola kimgadir foydali yoki qiziqarli boʻlishiga ishongan hollaringizda yarating. Va Vikipediyaga qoʻshgan hissangizdan qoniqish olishga harakat qiling. Agar siz oʻzingiz uncha yaxshi bilmagan mavzudagi maqola ustida ishlayotgan boʻlsangiz, uni oʻrganish uchun vaqtingizni sarflang: mavzu boʻyicha bir necha kun adabiyot oʻqish kerak boʻlishi mumkin. Bu yoʻl bilan siz koʻpgina yangi narsalarni bilib olasiz va yaxshi maqolani yaratasiz.
 
Agar siz maqolani zerikkaningizdan boshlagan boʻlsangiz, iltimos uni umuman yozmang. Bu sizning vaqt va kuchingizni olib qoʻyadi, Vikipediyada esa yana bir tugallanmagan maqola paydo boʻladi.
 
'''Bir-ikki qatordan iborat qisqa maqolalarni yaratmang''', chunki ular baribir mazmunsiz deb topilib, [[Vikipediya:Sahifalarni oʻchirish|oʻchirib tashlanadilar]].
 
Shunday hollar boʻladiki, muallif maqolani tugata olmaydi. Bunda yaxshisi, oxirigacha yozmaguningizcha oʻzingizda saqlab qoʻyib, '''tugallanmagan maqolani Vikipediyaga joylashtirmang'''. Agar siz yozib tugallanmagan maqolani topsangiz unga <nowiki>{{stub}}</nowiki> shablonini qoʻshib qoʻying. Bu maqola hali tugallanmaganligini bildiradi. <nowiki>{{stub}}</nowiki> maqola matnidan '''keyin''', kategoriya va interviki-havolalardan oldin qoʻyiladi.
 
Agar maqolada taʼriflanayotgan terminning bir necha maʼnosi boʻlsa, u holda har bir maʼno uchun alohida maqolani yarating, albatta agar hohishingiz boʻlsa. Shuningdek, maqolaning ohirida <nowiki>{{disambig}}</nowiki> belgisini qoʻyish maqsadga muvofiq, bu belgi terminning bir necha maʼnosi borligini bildiradi.
 
=== Har bir soʻz uchun maqolalarni yaratmang ===