Iqlim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 19:
Keyingi 1000 yil ichida 20-a. eng iliq davr hisoblanadi. Jumladan, 90-y.lar eng iliq oʻn yillik sanalib, havoning oʻrtacha harorati global miq-yosda 0,3°—0,6° yuqori boʻlgan. I. oʻzgari-shini baholashda yaqin 30 yillik (1961—90) dagi oʻrtacha meʼyor qabul qilingan. Oʻzbekistonda tayanch gidrometeorologiya stansiyalari (Urganch, Tomdi, Qorakoʻl, Qarshi, Sherobod, Samarkand, Jizzax, Toshkent va Fargʻona)ning koʻp yillik kuzatuv maʼlu-motlariga qaraganda, oʻrtacha yillik havo harorati koʻtarilib bormoqda. 2000 y. havoning oʻrtacha harorati iqlimiy meʼyordan 1,13° yuqori boʻlib, 1941 yil-dagidek iliq boʻlgan. Oʻzbekistonda ekstremal iliq (meʼyordan G goqori) boʻlgan - 1941, 1983, 1995, 1997 va 2000 y.larni koʻrsatish mumkin. Respubli-kada keyingi 10 yillikda yogʻin-sochin miqdori kam boʻlgan (meʼyorning 63— 67 foizi) - 1995, 1996 va 2000 y.larni koʻrsatish mumkin. Havo haroratining oʻrtacha oylik minimal va maksi-mal qiymatlarini ikki meʼyoriy davrga (1931-60, 1961-90) nisbatan qiyosiy tahlili Oʻzbekistonda isishning davom etishini koʻrsatmoqda. Tabiiy ofatlar (mas, dul, tuman, oʻrmondagi katta yongʻinlar va b.)ning oldini olish maqsadida atmosferaga faol taʼsir koʻrsatilmoqda. Lekin bu sunʼiy taʼsirlar hudud I.iga deyarli taʼsir etmaydi.
 
Oxirgi oʻn yilliklarda Orol boʻyida gidrologik maromning haddan tashqari salbiy oʻzgarishlari, Orol dengizi tangligi, bu xududdagi sharoitning rivojlanish tendensiyasi, hav-zadagi Amudaryo deltasining suv b-n taʼminlanishi bugʻlanishning hoz.hozirgi vaqtdagi va I. oʻzgarishidagi maromini, uning chegarasida tabiat landshaftlari ekologik holatini batafsil oʻrganish lozimligini taqozo qiladi. Ku-zatilgan isish barcha togʻ muzliklar maydonining qisqarishiga sabab boʻlmoqda. Aerofotokuzatuv maʼlumotlariga qaraganda Pomir-Olay muzliklari 1957—80 y.lar davrida 19% suvni yoʻqotdi. Keyingi yillarda qam togʻ muzliklarining qisqarish jarayonlari davom etmoqda. Bu esa oʻz navbatida togʻdagi daryo oqimlarining qisqari-shiga va hududni yanada aridlanishi (quruklanishi) ga olib keladi.
 
== Adabiyot ==