Irlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 54:
Adabiyoti irland va ingliz tillarida. Xalq ogʻzaki ijodining dastlab-ki namunalari 1-a. da yaratilgan. Soʻngroq diniy mavzudagi yozma adabiyot (6-a.), tarixiy vokeayaar va mi-fologik syujetli sagalar (8—9-a. lar-da) paydo boʻlgan. 12-a. da bardlar (xalq baxshilari) sheʼriyati yuqori bosqichga koʻtariladi.
 
16—18-a. lar I. dunyoviy va diniy adabiyotida vatanparvarlik gʻoyalari targʻib qilindi, dehqonlar hayoti aks ettirildi (F. O’Nayv, J. Najent, E. O’Xassi va b. adiblar). J. Kiting qalamiga mansub "Irlandiya tarixi" (1640) alohida ahamiyatga ega boʻldi. I. jamiyatining urugʻchilik tuzilmasi barbod boʻlgach, bardlar sheʼriyati tanazzulga uchradi. Poeziyada xalqchillik ruhi kuchaydi (E. O’ Raxilli, J. Makdonnell, O. R. O’Sallivan). 18-a. oxiridan ingliz tilidagi adabiyotning salmogʻi osha bordi. 19-a. 1-yarmida romantizm irland adabiyotida bosh yoʻnalish boʻldi. 40-y. larda eng isteʼdodli shoirlar "Yosh Irlandiya" inqilobiy-demokratik tashkiloti tevaragida birlashdi. J. K. Mangan, S. Fergyuson, T. Devis siyosiy satira va insoniy lirika anʼanalarini da-vom ettirdilar. Vatanparvarlik balladasi eng ommaviy janr boʻlib kolli. Prozada tarixiy va oilaviy-mai-shiy mavzudagi romanlar yaratildi (J. Griffin, J. Beynim, M. Ejuort, U. Karlton). 19-a. oxirlarida "Irland uygʻonishi" deb atalgan milliymadaniy harakat boshlandi, U. B. Yits bu harakatning tashabbuskorlaridan boʻldi. Uilyam Yits oʻz ijodida kelt mifologiyasiga qaytdi. Bu irland milliy adabiyotini qayta vujudga keltirish imkonini berdi. Yits oʻzining teatr asarlari bilan sheʼriy dramaga koʻp yangiliklar kiritdi. 20-a. boshlaridagi adabiyotda poeziya va dramaturgiya yetakchi mavqeni egalladi. 1916 y. da ingliz mustamlakachilari tomonidan otib tashlangan vatanparvar shoirlarning ijodi irland xalqining inqilobiy anʼanalari ruhi bilan sugʻorilgan edi. 20—30-y. larda realistik romanchilik yetakchi jan-rga aylandi (P. O’Donnell, Sh. O’Fa-oleyn, L. O’Flaerti, J. Felan). I. O’Keysi oʻz tarjimai holi asosida yozgan epopeyasida mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti va xalq milliy-ozodlik harakatini har tomonlama chuqur tasvirlab berdi. 60—80y. larda yaratilgan asarlarda ishonchsizlik, ojizlik, yolgʻizlik kayfiyatlari va zolimlarga qarshi xalq nafrati aks etdi. Olsterdagi inson huquqlari uchun kurash — hoz.hozirgi I. adabiyotining eng asosiy mavzularidan biri. J. Karrik, R. Myorfi, T. Kinsella, B. Kliv, B. Fril asarlari bunga misoldir.
 
Meʼmorligi qad. kelt madaniyati zaminida vujudga kelgan. Jez davridan harsang toshlardan barpo etilgan sagʻanalar va diniy inshootlar saqlanib qolgan. 5—11-a. larda I. da tosh kapella-ibodatxonalar, baland soqchi minoralar (Glendalox, Kels va b. joylarda), 12-a. oxiridan 14-a. gacha gotika uslubida butxonalar qurilgan. Roman va gotika uslublaridagi binolar (12—16-a. lar)da I. meʼmorligining oʻziga xos tomonlari saklangan (Dublindagi Krayst-chyorch ibodatxonasi va b.). 17—18-a. larda va 19-a. boshlarida Dublinda ingliz klassitsizmi uslubida maʼmuriy binolar, saroylar va uylar, 1829 y. dan ingliz neogotikasi uslubida cherkovlar qurildi. 19-a. va 20a. boshlarida port shaharlarida rejali va qorishiq us-lubdagi binolar paydo boʻldi. 20-a. 2-yarmidan I. shaharlarida zamonaviy bino va meʼmoriy majmualar qurila boshladi (M. Skott va T. Kennedi kabi meʼmorlarning Dublin va Golueydagi ishlari).