Aroqiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 69:
50-y, larda I. adabiyotida romanchilik va dramaturgiya shakllandi. Bu davrdagi I. sheʼriyati voqelikni toʻgʻri aks ettira boshladi. Inqilob (1968 y.) dan keyin I. adabiyoti gurkirab oʻsdi. Bosqinchilikka qarshi kurash va adolatli jamiyat qurish madhini kuylash asosiy mavzu boʻlib qoldi. Abu al-Vahhob alBayotiy, Hasan al-Bayotiy va b. ijo-dida siyosiy va ijtimoiy ohanglar yan-gradi. I. sheʼriyatini isloh qilgan No-zik alMaloika va b. shoiralar hamda shoirlar lirik sheʼrlar yaratdilar. Kurd tilidagi adabiyot ham rivojlangan.
 
Meʼmorligi juda qad. anʼanalarga ega boʻlib, bu yerda Bobil-Ossuriya madaniyati va Parfiya yodgorliklari saklanib qolgan. 7-a. dan boshlab arab mada-niyati taʼsiri kuchaygan. 7-a. 30-y.larida Kufa, Basra, 8-a. boshlarida Va-sit sh. lariga asos solindi. 762 y. dan doirasimon reja asosida Madinat as-Salom (Tinchlik shaqri, hoz.hozirgi Bagʻdod) kurila boshladi. 9-a. da oʻrta asrlar meʼmorligi ravnaq topdi (salobatli saroy inshootlari, baland minorali masjidlar, jumladan, Samarradagi 450 ustunli Mutavakkil masjidi). 12-a. va 13-a. 1-yarmidan Bagʻdoddagi (Mu-stansuriya Madrasa majmuasi, Bobal-Vastani shahar darvozasi) va Mosuldagi (Nuriddin jome masjidi) yodgorliklar saklangan. 16—17-a. larda sirkorlik, naqqoshlik va oʻymakorlik sanʼati namunalari boʻlmish Bagʻdoddagi Muso al-Qadim (oltin masjid) maqbaramasjidi, Karboladagi Imom Husayn maqbara-masjidi va b. barpo etildi. Turar joylar ichki hovlili, peshayvonli, derazalari jimjimador yogʻoch panjarali qilib qurildi.
 
Zamonaviy meʼmorlikda turli yevropacha uslublar taʼsiri seziladi. Basra, Mosul, Karbalo, Samarra sh. lari loyihasi ishlab chiqildi (1959—60). Bagʻdod, Mosul, Basra va b. shaharlardagi zamonaviy jamoat va uy-joy bi-nolari tarhi va qurilishida mahalliy iqlim va turmush sharoitlari eʼti-borga olindi, xalq anʼanalariga rioya etildi. I. meʼmorlari orasida N. Javdod, R. alChodirchi, X. Munif va b. mashhur.
Qator 75:
 
== Tasviriy sanʼati ==
I. hududida mil. av. 8—7ming yillikka oid qoʻhna madaniyat manzilgohlarida qad. sanʼat asarlari (alebastr va loydan yasalgan haykalchalar, tamgʻa-tumorlar, sopol idishlar) topilgan. Mil. av. 4—1ming yillikda Shumer, Akkad, Bobil, Ossuriya badiiy madaniyati izchil rivojlandi. Yunon, Parfiya, Sosoniylar sanʼati yodgorliklari uchraydi. Oʻrta asrlarda I. sanʼati umumarab madaniyati tarkibida ravnaqtopdi. 8—13-a. lardagi ganch va yogʻoch oʻymakorligi, devor musavvirligi, miniatyura, kulollik, kandakorlik sanʼati gullab-yashnadi. Naqqoshlik va xattotlik rivoj topib, hoz.hozirgi bezak sanʼatida ham davom etmoqda.
 
20-a. boshlarida rangtasvir sanʼati yuzaga keldi (Abdulqodir Rassom, Muhammad Solih Sakiy va b.). Ras-som va haykaltarosh Javod Salim, musavvirlardan Ata Sabriy, Xolid al-Jadr, haykaltaroshlardan Xolid ar-Raxxal, Muhammad Gʻani nom chiqargan. Ular qad. I. sanʼati anʼanalarini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdilar. Keyingi yillarda Ismoil ash-Shayxli, Nuri ar-Ravi, Diya al-Azavi va b. ularning ishlarini davom ettirdilar. Soʻnggi avlodga mansub musavvirlardan Hafiz ad-Durubiy va Mahmud Ahmad I. tasviriy sanʼa-tini yuqori darajaga koʻtardi. I. hu-dudida bir necha asrlar davomida kurdlar sanʼati rivojlanib kelayotir.