Janubiy Amerika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 40:
Lyanos-Orinoko tekisligining jan., Magdalena payettekisligi, Braziliya yassitogʻligining shim.dagi qizil tuproqli yerlarda sernam savannalar, materikning shim. chekkasi va Braziliya yassitogʻligining shim.-sharqidagi qiziljigarrang va qizil-qoʻngʻir tuproqli yerlarda sukkulent va butazor quruq savannalar bor. Boʻz jigarrang tuproqli Gran-Chakoda siyrak daraxtli quruq oʻrmonlar koʻproq. Subtropiklarning tuproq-oʻsimlik zonalari, xuddi Shim. Amerikadagi kabi, asosan meridional yoʻnalishda. Subtropik oʻrmonli dasht zonasidagi qizgʻish-qora tuproqli yerlarda qaragʻay oʻrmonlari, savannalar, Kordilyera togʻlari etagidagi boʻz tuproqli chala choʻl va choʻllarda tikanakli boʻta va kaktuslar oʻsadi. Patagoniyadagi boʻz tuproqli chala choʻllarda butalar, Jan. And togʻlaridagi qoʻngʻir tuproqlarda aralash qalin oʻrmonlar bor. J. A. oziqovqat mahsulotlari, dori-darmon, sanoat xom ashyosi va qimmatbaho yogʻoch beradigan oʻsimliklar (shokolad daraxti, kakao, xin va qizil daraxtlar, geveya, kebracho va b.)ga boy.
 
Hayvonot dunyosi neotropik oblastga mansub. Bu oblast J. A.da materikning shim. katta qismini oʻz ichiga olgan Gviana-Braziliya kichik oblasti va jan. tekisliklar hamda And togʻlarini (Ekvadorgacha) oʻz ichiga olgan Patagoniya-And kichik oblastiga boʻlinadi. Endemik hayvonlar (nandu tuyaqushi va b.) koʻp. Qalin oʻrmonlarda keng burunli maymunlar, yalqov, chumolixoʻr, daraxt jayrasi (koendu), xaltali kalamush (opossum), kinkaju ayigʻi, koʻrshapalaklar va b. yashaydi. Yerda yashovchi hayvonlardan qalqondor, tapir, yaguar, qora choʻchqa, oʻrmon iti, hoz.hozirgi zamondagi eng yirik kemiruvchi — suv choʻchqasi (kapibara) bor. Daryolarida dare delfini (iniya), timsoh, baliqlarning 2000 tacha turi va daraxt baqalari yashaydi. Qushlar (toʻtilar, kolibri, kondor va b.) hamda sudralib yuruvchilar (zaharli va boʻgʻma ilonlar, kaltakesaklar) koʻp. Endemik xasharotlar (ulkan kapalaklar, chumolilar), savannalarda kiyik, nandu tuyaqushi, kemiruvchilar bor. Materikning jan. qismidagi ochiq dasht va chala choʻllarda puma, kiyik, pampa mushugi va tulkisi, magellan iti, yoldor boʻri; kemiruvchilardan vidra, botqoq nutriyasi, mara, tuko-tuko, qushlardan burgut, palamedeya va b. yashaydi.
 
Geografik tadqiqotlar tarixi. 11-a.
Qator 50:
J. A.ning Shim.-gʻarbiy va Ekvatorial And togʻlarini hamda Orinoko daryosi havzasini olimlardan A. Gumboldt va fransuz E. Bonplan kompleks oʻrgandilar (1799—1802). Materik asosan 19-a. 1-yarmidan har tomonlama tadqiq qilina boshlandi. J. A.da rus sayyoxlaridan A. S. Ionin (1889—92), N. M. Albov (1895—96), G. G. Manizer (1914—15) va N. I. Vavilov (1932—33) boʻlgan.
 
Aholisi. Amerika yevropaliklarga maʼlum boʻlgunga qadar J. A. aholisi indeys qabilalari va xalqlaridan iborat edi. Ular bundan 17—20 ming yil ilgari Osiyodan Bering boʻgʻozi, Shim. Amerika orqali kirib borgan deb hisoblanadi. J. A.ga yevropaliklar kelgach, mahalliy aholining koʻpchiligi yuqumli kasalliklar, shafqatsiz ekspluatatsiya va b. sabablar tufayli qirilib ketgan. J. A.ning hoz.hozirgi axolisi Yevropadan koʻchib borganlarning avlodlari va metislardan (Afrikadan keltirilgan qullar bilan mahalliy indeyslarning aralashuvidan) tashkil topgan.
 
Antropologik jihatdan J. A. aholisi har xil: unda yevropoid, mongoloid, ekvatorial (negravstraloid) irklar aralashib ketgan. Kreol, metis, mulat va sambo aholi guruhlari paydo boʻlgan.
Qator 58:
J. A. aholisini etnik xususiyatlari va tarqalishiga koʻra shartli ravishda uchga bulish mumkin: 1. Boliviya, Peru, Paragvay va Chilida, asosan, metis, indeys, yevropaliklar avlodi yashaydi. 2. Urugvay va Argentina aholisining koʻpchiligini yevropaliklar tashkil etadi. 3. Indeys, metis, yevropaliklar avlodidan tashqari soni va etnogenezi jihatdan koʻpchilikni tashkil qilgan negrlar Braziliya, Kolumbiya, Benesuela va Ekvadorda yashaydi. J. A. aholisining koʻpchiligi, asosan, xristian diniga eʼtiqod qiladi. Negrlar va mulatlar oʻrtasida katolitsizm bilan birga afrikaliklarning anʼanaviy dinlari va odatlari saqlanib kelmoqda. Togʻlik joylarda yashovchi indeyslarning ayrim qabilalarigina ibtidoiy diniga eʼtiqod qiladi.
 
Siyosiy boʻlinishi. J. A.ning hoz.hozirgi siyosiy haritasi, asosan, koʻpgina davlatlarning mustaqillik uchun olib borgan kurashi va 2-jahon urushidan keyingi siyosiy va ijtimoiy oʻzgarishlar natijasida vujudga keldi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==