Nikolay Jukovskiy: Versiyalar orasidagi farq

k
hoz. → hozirgi
k (un-t → universitet)
k (hoz. → hozirgi)
'''Jukovskiy Nikolay Yegorovich''' [ 1847.5(17). 1, Orexov qishlogʻi, Rossiya — 1921.17.3, Moskva] — mexanika soxasidagi rus olimi, gidroaeromexanika asoschisi. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1894). Moskva universitetini tugatgan (1868), shu universitetda (1885 y.dan), Moskva Oliy texnika oʻquv yurtida ishlagan (1872 y.dan). J. qushlarning uchish dinamikasini har tomonlama tekshirgan. J.ning aerodinamika va aviatsiya sohasidagi ishlari hoz.hozirgi aviatsiya faniga asos boʻldi. J. rahbarligida dunyoda birinchi aerodinamik quvur qurilgan (1902); samolyot vintlarini sinash asbobi yaratilgan. J. samolyot qanotining koʻtarish kuchini aniqlovchi qonunni ochdi (1904); samolyot qanoti va vintlarning eng qulay shakllarini aniqlagan (1910—11). J. rahbarligida 1904 y.da Moskva yaqinidagi Kuchina q.da Yevropada birinchi aerogidrodinamika instituti tashkil etildi. J. eksperimental va nazariy aerodinamika fanini yaratdi, aeroplan qanotining koʻtarish kuchini hosil qilish prinsipini ochdi hamda uning qiymatini aniqlashga imkon beruvchi teoremani formula orqali bayon qildi. J. gidrodinamika, fizika, astronomiya, mat., gidrodinamika va gidravlika, amaliy mexanika, mashinalarni rostlash nazariyasi va b. sohalarga oid tadqiqotlar, universitetlar va oliy texnika oʻquv yurtlari uchun moʻljallangan klassik darsliklar muallifi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
516 159

ta tahrir