Kamerun — versiyalar orasidagi farq

k
hoz. → hozirgi
k (un-t → universitet)
k (hoz. → hozirgi)
 
== Adabiyoti ==
Xalq ogʻzaki ijodiyoti K. xalqi hayotida muhim rol oʻynaydi. 20-a. boshlarida bamum yozuvi paydo boʻlib, bu yozuvda tarix, tibbiyot va dinga oid 3 asar yaratildi. 30-y.lardan mahalliy (bulu, duala) tillarda badiiy asarlar (asosan, folklor harakterida) yaratila boshladi. Hoz. adabiyoti, asosan, fransuz, qisman, ingliz tillarida boʻlib, milliy ozodlik harakati b-n chambarchas bogʻlangan. Koʻpchilik yozuvchilar moziyga murojaat etsalar ham, ularning asarlarida 20-a. 50-y.laridagi ozodlik kurashining taʼsiri sezilib turadi (E.E. Yondonning "Kamerun! Kamerun!" sheʼriy toʻplami va b.). Romannavislar jamiyatning turli qatlamlari hayotini koʻrsatdilar, mustamlakachilikni tanqid qildilar (Mongo Betining "Shafqatsiz shahar", "Tugallangan missiya" romanlari va h.k.). K. mustaqillikka erishgach, K. madaniyati jamiyati, K. shoirlari va adiblari uyushmasi tuzildi. 1963 y.dan madaniyat masalalarini yoritadigan "Abbia" jur. chiqa boshladi. Adabiy asarlarda eskilik sarqitlari (koʻp xotinlik, qalin olishberish)ni fosh etish, ozodlik kurashi tarixi, yangi turmush qiyinchiliklari va b. mavzular asosiy oʻrin tutadi. Dramaturgiya durust muvaffaqiyatlarga erishdi. Shoirlardan R. Filombe, F. Senga-Kyuo, F. Bebey va b. xalq ogʻzaki ijodiyoti anʼanalarini davom ettirish b-n birga hoz.hozirgi zamon muammolarini ham qalamga oladilar. S. M. Eno-Belinganing lirik-falsafiy sheʼrlardan iborat "Negrcha niqoblar" toʻplami keyingi yillardagi salmoqli asar boʻldi.
 
 
516 159

ta tahrir