Komi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 15:
Aholisi. Tub aholisi — komilar, shuningdek, ruslar, ukrainlar, beloruslar, tatarlar va b. yashaydi. Aholining 75% shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili — komi va rus tillari. Dindorlar, asosan, xristianlar. Yirik shaharlari: Sektivkar, Vorkuta, Uxt a, Inta, Pechora, Sosnogorsk.
 
Tarixi. K. hududida aholi yuqori paleolit davridan yashab kelgan va asosan, ovchilik bilan shugʻullangan. Mezolit va neolit davrlarida Vichegda va Pechora havzasiga jan.dan kelgan qabi-lalar joylashib borgan. 2-ming yillikning boshida hoz.hozirgi komi (ziryan) xalqi avlodlarining qabilaviy birliklari shakllandi. 11 —14-a.larga oid manbalarda vichegdalik permlar nomi eslatib oʻtiladi. Ular oʻrta va quyi Vichegda havzasida yashab, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Oʻtroq hayot boshlanib, hunar markazlari vujudga kelgan. Vichegdalik permlar 12— 14-a. lar davomida Novgorodga xiroj toʻlab turdi. 14-a.da Moskva knyazligining taʼsiri kuchaydi. 14-a. oxiridan aholi xristian diniga oʻta boshladi. 1478 y. Komi oʻlkasi rasmiy ravishda Rus davlati tarkibiga qoʻshib olindi. 15— 18-a.larda muhim savdo yoʻllari (Vyatka-Kama havzasi — Arxangelsk va Velikiy Ustyug — Sibir) Komi oʻlkasi orqali oʻtardi. 18-a.
 
da bir necha savdo markazi paydo boʻldi. Choʻyan quyish zavodlari, neft haydash korxonalari va h.k. qurildi. Komi xalqi tarkib topdi. 19-a.ning 1-yarmida dehqonlar Rossiya davlati va mahalliy ekspluatatorlar zulmiga qarshi ommaviy isyon koʻtardi. 1918 y. yanvar—mart oylarida K.da shoʻro hokimiyati eʼlon qilindi. 1921 y. avg .da RSFSR tarkibida K. (Ziryan) muxtor viloyati tuzildi, u 1936 y.da K. muxtor respublikasiga aylantirildi. 1990 y. suverenitet haqidagi Deklaratsiyaga muvofiq, 1992 y.da K. Respublikasi maqomini oldi.