Konstitutsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 3:
K. davlatchilik belgisidir. Birbiridan farqlanuvchi yuridik va haqiqiy (faktik) K. tushunchalari bor. Yuridik K. ijtimoiy munosabatlar doirasini tartibga soluvchi maʼlum huquqiy normalar tizimi. Haqiqiy K. esa — shunday munosabatlarning oʻzi, yaʼni real mavjud munosabatlardir. K. oʻz shakliga koʻra, kodekslashtirilgan, kodekslashtirilmagan va aralash turlarga boʻlinadi. Kodekslashtirilgan K. — konstitutsiyaviy xususiyatga ega barcha asosiy masalalarni tartibga soluvchi bir butun yozma hujjat hisoblanadi. Agar ayni oʻsha masalalar bir necha yozilgan hujjatlar bilan tartibga solinsa, u holda K. kodekslashtirilmagan hisoblanadi. Aralash turdagi K. parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar va sud pretsedentlari bilan birga, odatlar va nazariy sharxlarni ham oʻz ichiga oladi, yaʼni qisman yozilgan boʻladi. Oʻzgartirish kiritish usuli boʻyicha K. yumshoq va qattiq turlarga boʻlinadi. Ularning birinchisi oddiy qonun qabul qilish yoʻli bilan oʻzgartirilishi mumkin. Ikkinchisi maxsus takomillashtirilgan tartibda (parlament aʼzolari ovozining malakali koʻpchiligi, baʼzan esa referendum oʻtkazish, tuzatishlarni muayyan miqdordagi federatsiya subʼyektlari tomonidan ratifikatsiyalash va sh.k.) oʻzgartirilishi mumkin. Amal qilish muddatlari boʻyicha K.lar doimiy va muvaqqat turlarga boʻlinadi.
 
Davlat faoliyatining turli sohalarida K.ga rioya qilinishini nazorat etish Oliy sud yoki Konstitutsiyaviy sud zimmasiga yuklanadi. "K." atamasi Qad. Rimdayoq bor edi (imperator K.si deb atalgan qonun). Amir Temur "Tuzuklar"i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Oʻrta Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli taʼsir oʻtkazgan. Yevropadagi tarixiy taraqqiyot hoz.hozirgi kunda amalda boʻlgan K.larning 2 guruhini vujudga keltirdi. 1-guruh — hoz.hozirgi zamon sharoitlaridan keskin farq qiluvchi sharoitlarda qabul qilingan eski K.lar. Bu xildagi K.larga 1787 y.gi AQSH Konstitutsiyasi, 1831 y.gi Belgiya K.si, 1874 y.gi Shveysariya K.si misol boʻla oladi. 2-guruhga 20-a.ning 2-yarmida qabul qilingan "yangi avlod" K.lari kiradi. Ular dastlabki K.lardan xuquq va erkinliklar institutining , K.ning himoya qilish mexanizmlari va ijtimoiy muammolarga murojaat kilish mexanizmlarining kengayishi natijasida konstitutsiyaviy tartibga solish hajmining koʻpayishi bilan farq qiladi.
 
Xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarni oʻrganish, xalqaro hujjat qoidalarini inobatga olish, milliy davlatchilik anʼanalardan kelib chiqish natijasida yaratilgan OʻzR Konstitutsiyasi (1992 y. 8 dek.da qabul qilingan) jahon andozalariga mos boʻlib, xalqaro talablarga javob beradi (q. [[Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi]]).