Kreml (qalʼa): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 2:
'''Kreml''', Moskva kremli — RF ning poytaxti Moskva sh.ning eng qad. qismi, qalʼasi. Moskva daryosining chap qirgʻogʻida, Neglinvaya daryosi unga quyiladigan joydagi Borovitsk tepaligida kichik bir istehkom sifatida yuzaga kelgan (11 — 12-a.lar, 1,5 ga atrofida). Bu istehkom-qalʼa qadimda "gard" yoki "grad Moskva" deb atalgan, 14-a. dan K. nomini olgan. Bu yerda knyaz Yuriy Dolgorukiy buyrugʻi bilan 1156 y. da qurilgan "shahar" — istehkom esa, avvalgi qalʼa hududidan 5—6 barobar kengroq maydonni tashqil etgan va yogʻoch devor bilan oʻralgan. Moʻgullar hujumi davrida (1237) K. vayron qilingan. K.ning keyingi taraqqiyoti knyazlikning , keyinchalik esa, markazlashgan rus davlatining poytaxti boʻlgan Moskvaning rivoji bilan bogʻlanib ketgan. Devor va minoralari dubdan (1339— 40, mayd. 18 ga boʻlgan) va oq toshdan (1367, "oqtoshli Moskva" deb ham atalgan), keyinchalik gʻishtdan qayta qurilgan (1485—95, mayd. 27,5 ga). Hoz. tarhi uchburchaksimon (maydoni taxm. 28 ga). Devorining oʻz. 2 km dan ortiq, qalinligi 3,5—6,5 m, bal. 5—19 m dir.
 
K. da rus meʼmorligining noyob yodgorligi saqlanadi: Uspensk s o b o ri (1475—79), B l a go ve sh ch ye ne k sobori (1484—89), Arxangelsk sobori (1505—08), Granitovaya palata (1487—91). "Buyuk Ivan" qoʻngʻiroqxonasi (1505—08, 1600 y. qayta qurilgan). Terem saroyi (1635—36); Sevat binosi (1776— 87, klassitsizm uslubida qurilgan, korinf orderi tizimidagi kolonnadalar bilan bezatilgan), Katta Kreml saroyi (1839—49) va Qurol-aslaha (Orujeyvaya) palatasi (1844—51; hoz.hozirgi muzey), Kreml majlislar saroyi (1959—61) va b. Kreml devorlarida 20 minora bor. Boʻlardan 6 tasi darvozali. Spassk (unga K. koʻranti oʻrnatilgan). Nikolsk, Arsenal, Troitsk, Borovitsk, Vodovzvod (Sviblov), Beklemishev (Moskvoretsk) minoralari oʻziga xosdir. K. ichida "Shoh zambaragi" (16-a., quyma metall) va "Shoh qoʻngʻirogʻi" (18-a.) qoʻyilgan.
 
K. Moskva knyazlari (14-a.) va shohlar (16-a. oʻrtalaridan) qarorgohi, 18-a. boshlaridan imperatorlarning muvaqqat qarorgohi boʻlgan. 1918 y. martdan bu yerga Sovet hukumatining , 1991 y. dan esa Rossiya Federatsiyasi prezidentining qarorgohi joylashgan.