Kuba: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 17:
dan apr.gacha, asosan, K.ning jan.dagi tekisliklarida roʻy beradi, dahshatli dovul va tropik siklonlar boʻlib turadi. Daryolarining koʻpi qisqa, serostova va kam suv. Eng katta daryosi — Kauto (oʻz. 370 km) Syerra-Maestra togʻlaridan boshlanadi. Daryolari, asosan, yomgʻir suvidan toʻyinadi.
 
K. hududining 10% chasi oʻrmon. Togʻ etaqlarida va tekisliklardagi qizil, qizil-jigarrang nam tuproqli yerdarda keng bargli va doim yashil oʻsimliklar, jumladan, palma hamda kan daraxtlari, quruq va toshloq yerdarda qaragʻay oʻrmonlari, sananvalar, mayda bargli tikanli butalar, kaktus va aga-valar oʻsadi. Yer oʻzlashtirish davrida koʻproq tekisliklardagi daraxtlar kesilgan. Bunda baʼzi daraxtlar, jumladan, palmalar qoldirilgan. Shuning uchun K.ning hoz.hozirgi tekislik landshafti tashqi koʻrinishdan palmazorlarga oʻxshab ketadi. Hayvonot dunyosida umurtqalilar kam, koʻpchilik hayvonlar endemiklardir. Koʻrshapalakning 23 turi bor. Qushlarning 300 dan ortiq turi maʼlum. Ularning koʻpi faqat qishlash uchun uchib keladi. Mahalliy turlari — kolibri, toʻtilar va mayda taskaralar. Kaltakesaqlar, toshbaqa, timsoh, boʻgʻma ilonlar yashaydi. Hasharotlardan termit va kokuyolar uchraydi. Quruqlikda yashovchi krab va qisqichbaqalar bor. Qoʻriqxonalar: El-Kabo, Koʻpell va b.; rezervatlar: Syevaga-de-Sapata, Syevagade-Lanyer.
 
Aholisining 98% dan koʻprogʻi kubaliqlar; xitoy, yapon va gaitiliklar ham yashaydi. Mahalliy aqoli — indeyslarning avlodi ham uchraydi. Dindorlari xristian dinining katolik va protestant mazhabiga eʼtiqod qiladilar. Rasmiy tili — ispan tili. Aholining 72% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Ganava, Santyago-de-Kuba, Kamaguey, Guantanamo, Olgin, Matansas, Sʼyenfuegos, Pivar-del-Rio, Bayamo, Santa- Klara va b.