Mariy tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
'''Mariy tili''' — fin-ugor tillaridan biri. Rossiya Federatsiyasining Mariy El, Tatariston, Udmurtiston, Boshqirdiston respublikalarida va bir qator Volgaboʻyi viloyatlarida tarqalgan, 600 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi. Bir qancha: oʻtloqzor (lugovoy), togʻliq (gorniy), sharqiy, shim.-gʻarbiy laxjalari va 2 xil adabiy tili (oʻtloqzor sharqiy va togʻliqmariy) mavjud. M.t.ning har ikkala adabiy shakli 19-a.dan boshlab rus alifbosi asosidagi yozuvga, oʻz imlo qoidalariga ega. M.t. 8-a.dan turkiy tillar, 13-a.dan rus tili taʼsirida rivojlangan boʻlsada, fin-ugor tillariga xos belgilarni saqlab qolgan. Lahjalarida turli xil unlilar juftligi (a—a, o— o va b.), binobarin, singarmonizm kuzatiladi. Otlarda koʻplikni ifodalovchi bir qancha koʻrsatkichlar bor. Feʼllar 2 xil tuslanadi, hoz.hozirgi-kelasi va 6 ta oʻtgan zamon shakllariga, istak va buyruq mayllari shakllariga ega. Soʻz yasalishi suffiksatsiya va soʻz koʻshish usullarida amalga oshadi. M.t. haqidagi dastlabki maʼlumotlar 18-a.ga ta-allukli, dastlabki grammatikasi 1755 y.da yaratilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==