Meksika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 22:
 
== Tarixi ==
M. hududida odam yuqori paleolit (miloddan 20—15 ming yil oldin) davridan yashaydi. Bu yerda turli davrlarda Gʻarbiy yarim shardagi eng rivojlangan sivilizatsiyalardan biri mavjud boʻlgan. Mil. av. 1ming yillik oʻrtalaridan aholi oʻtroq hayot kechira boshlagan, dehqonchilik, hunarmandchilik, sanʼat taraqqiy etgan. Milod boshlarida Markaziy Amerikaning shim.-gʻarbiy qismida mayya qabilalari yashagan. 1ming yillikning 2-yarmida Markaziy M.da tolteklar xiyla yuksak madaniyat yaratdilar. Lekin bu madaniyatni 2-ming yillikning boshlarida naua qabilalari barbod qildi. Naua qabilalari orasida atsteklar ham bor edi, ular hoz.hozirgi Mexiko sh.ni barpo etdilar va 14-a.da yirik davlat tuzdilar, bu davlat 15-a.da Markaziy va Jan. M.ning eng qudratli davlatiga aylandi. Bu yerda dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish texnikasi, tasviriy sanʼat birmuncha rivoj topdi. 1517 y. M.ni ispanlar bosib ola boshladilar. 16-a. oxiriga kelib M. xududi butunlay zabtetildi. Yangi Ispaniya vitseqirolligi tuzildi, butun hokimiyat ispan zamindorlari qoʻl ostiga oʻtdi. Mahalliy aholining aksar qismi oʻz yerlaridan mahrum etildi, mustamlaka hokimlari, zamindorlar va katolik cherkoviga tobe boʻlib qoldi. Ocharchilik, kasalliklar koʻplab indeyslarning yostigʻini quritdi (ispanlar zabt eta boshlagan paytda 25 mln.ga yaqin indeys boʻlgan boʻlsa, 1605 y.ga kelganda 1mln. dan sal ortiq indeys qoldi). Ishchi kuchi yetishmay qolgach, Afrikadan koʻplab negr qullar keltirila boshladi. I. ch. sanoatining rivojlanishiga turli yoʻllar bilan toʻsqinlik qilindi, koʻpchilik ekinlarni ekishni taqiqlab, tuz, porox, tamaki mahsulotlari sotish davlat monopoliyasiga aylantirildi. Mahalliy xalq mustamlakachilarga qarshi bosh koʻtarib bir necha bor qoʻzgʻolon qildi. Iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va ichki bozorning vujudga kelishi, milliy ongning uygʻonishi taʼsirida 19-a.ning boshlarida meksikan millati tarkib topa boshladi.
 
Amerikadagi ispan mustamlakalarining mustaqillik uchun olib borgan urushi davrida (1810—26), xususan, 1810—15 y.larda M.da M. Idalgo va X. M. Morelos rahbarligida dehqonlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi, bu qoʻzgʻolon sha-fqatsiz bostirildi. Ispaniyadagi 1820—23 y.lar inqilobi va Jan. Amerikadagi Ispaniya mustamlakalari vatanparvarlarining muvaffaqiyatlari M.da xalq ozodlik harakatining yangidan koʻtarilishiga sabab boʻldi. A. Iterbude boshchiligidagi harakat keng xalq ommasi tomonidan koʻllab-quvvatlandi. 1821 y. M. mustaqil davlat, 1824 y. esa respublika deb eʼlon qilindi. 1845 y. AQSH Texasni, 1846—48 y.lardagi Amerika-Meksika urushi natijasida mamlakat hududining qariyb yarmini bosib oddi. M.ga qarshi uyushtirilgan Angliya-Fransiya-Yspaniya intervensiyasi meksikan xalqining qahramonona qarshiligiga uchrab, interventlarning magʻlubiyati bilan tugadi. 1877-80 va 1884-1911 y.larda general P. Dias prezident boʻlib turdi; ana shu davrda fuqarolar ozodligi oyoq osti qilindi, kongress oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. 20-a.
Qator 68:
Mustaqil M. adabiyotida paydo boʻlgan birinchi badiiy yoʻnalish romantizm edi. M. Akunya, G. Priyetoning sheʼrlari va M. Payno ("Shaytonning nayranglari"), L. Inklan ("Astusia...")ning M. milliy mustaqilligini haqqoniy va badiiy tasvirlagan tari-xiy romanlari romantizm ruhida yozildi. 19-a.da M. sheʼriyatida modernizm paydo boʻldi (M. X. Oton, S. Dias Miron, A. Nervo va b.)19-a. oxirida, P. Dias diktaturam davrida nasriy realistik tamoyil vujudga keldi. R. Delgado, X. Lopes Portilo-i-Roxas romanlarida mamlakat ijtimoiysiyosiy hayotining qaramaqarshiligi va illatlari fosh etildi. 1910—17 y.lardagi burjuademokratik inqilob M.da tarakdiypar-var adabiyotning rivojlanishiga sabab boʻldi. M. Asuelaning "Pastdagilar" (1916) romanida kurashayotgan xalqsiymosi va ommaviy harakatlar aks ettirilgan. M. L. Gusman ("Burgut bilan ilon", 1928), G. Lopes-i-Fuentes ("Harbiy lager", 1931; "Mening generalim", 1934) va b. yozuvchilarning asarlari ham shu ruxda yozildi.
 
20-a.ning yirik shoirlari (R. Lopes Velarde, E. Gonsales Martines, K. Peliser)ning asarlarida xalqning maʼnaviy hayoti va milliy turmushi yorqin aks ettirilgan. M. nasri 50-y.larning oʻrtalaridan yana yuksala boshladi. Romannavislar milliy voqelikni badiiy tadqiq qilishni chuqurlashtira borib, umumbashariy muammolarni koʻtarib chiqdi. A. Yanyesning "Jala oldidan", X. Rulfoning "Pedro Paramo", Nobel mukofoti sovrindori K. Fuentesning "Oʻta tiniq soha", "Artemio Krusning oʻlimi", Rosario Kastelyanosning "Zulmatdagi ibodat" romanlari ana shunday asarlardir. Keyingi yillar adiblari hoz.hozirgi zamon milliy voqeligini oʻrganib, azaliy insoniy muammolarni yangi sharoitda hal etishga intilmoqda.
 
 
Qator 78:
19-a.da ispan, italyan va fransuz ustalari yetakchi rol oʻynadi. 19-a.ning 2-yarmi — 20-a. boshlarida Mexikoda yirik binolar qurildi, yangi magistrallar ochildi. Binolar beton, temir, temirbetondan qurila boshladi. 1949— 54 y.larda Mexikoda K. Laso rahbarligida qurilgan Un-t shaharchasi 20-a. oʻrtalaridagi M. meʼmorligining eng yaxshi xususiyatlarini aks ettirgan; goʻzal joyda qurilgan bu shaharcha oʻquv, sport va turar joy binolaridan iborat boʻlib, meʼmorlik bilan mahobatlidekorativ sanʼat mahsulidir. 50—80-y.larda M.da zilzilaga chidamli koʻp qavatli turar joy va jamoat binolari qad koʻtardi. Mexikoda bir qancha turar joy dahalari va yoʻldosh-shaharlar paydo boʻldi. Atstek stadioni, Sport saroyi qurildi.
 
Tasviriy sanʼati juda qad. boʻlib, mil. av. 2-ming y.likdan boshlab rivojlangan. Bu davrga mansub tosh va terrakotadan yasalgan haykalchalar, shakldor idishlar saqlanib qolgan. Mil. av. 1ming y.liqda M. qoʻltigʻi boʻyida yashovchi olmeklar hoz.hozirgi Verakrus va Tavasko shtatlarida qabariq tosh yod-gorliklar, ibodatxonalar kurganlar, tosh tobutlar, odam va hayvon qiyofasidagi iloxlar yasaganlar. Mil. 1ming y.likda totonaklar, sapoteklar, may-yalar goʻzal amaliy va tasviriy sanʼat namunalarini yaratdilar. 10—16-a,lar sanʼatida harbiy manzaralar, dahshatli siymolar, murakkab bezaklar ustunlik qila boshladi.
 
Mustamlaka davrida cherkovlarning sirti va ichi xilma-xil oʻymakorlik uslubida bezatildi, ayniqsa, 18-a.da ultrabarokko (hashamdorlik) rivoj topdi, yogʻoch oʻymakorligi usulida rangbarang haykallar yasash, diniy mavzudagi rangtasvir va odamlar qiyofasini chizish (B. de Echave, M. Kabrera), keyinchalik akademik haykaltaroshlik (M. Tolsa) urf boʻldi.