Michelangelo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 19:
}}'''Michelangelo di Lodovico Buonarroti Simoni''' ([[6 mart]], [[1475]] – [[18 fevral]], [[1564]]) — italiyalik haykaltarosh, rassom, arxitektor, shoir. [[Renessans]] davrining buyuk namoyondalaridan biri.
 
'''Mikelanjelo Buonarroti''' (Michelangelo Buonarroti) (toʻliq nomi Mikelanolo di Lodoviko Lionardo di Buonarroto Simoni; 1475.6.3, hoz.hozirgi Kapreze—Mikelanjelo, Toskana — 1564. 18.2, Rim) — italyan haykaltaroshi, rassomi, meʼmori va shoir; Uygʻonish davrining buyuk arboblaridan. Rassom M. Girlandayo (1488—96) va haykaltarosh Bertoldo di Jovanni (1489— 90)dan taʼlim olgan. Jotto, Donatello, Mazachcho kabilarning asarlari va qad. haykaltaroshlikni oʻrganishi M. ning ijodiy kamolotiga muhim taʼsir koʻrsatgan. M.ning dastlabki asarlaridayoq uning ijodiga xos asosiy xususiyatlar — mahobatlilik, obrazlar shaklining qudrati va dramatizmi, inson goʻzalligiga ehtirom koʻzga tashlanadi: "Zinapoya oldida turgan Madonna" va "Kentavrlar" relyeflari (ikkalasi ham marmar, taxm. 1490—92). "Vakx" haykali (1496—97, Rim), "Isoga motam" haykallar guruhi (1498— 1501, Rimdagi Avliyo Pyotr ibodatxonasi)da anʼanaviy gotika tasviriga yangi insonparvarlik mazmunini sin-gdirgan. 1501 y.da Florensiyaga qaytgan M. respublika fuqarolarining jasoratini ifodalovchi "David" haykali (1501—04), "Madonna" (1503), "Muqaddas oila" ("Madonna Doni", 1503—05) kartinalarini yaratdi. M. 1505 y.dan Rim Papasining iltimosiga koʻra, qabr yodgorligi yaratish ustida ishladi, shular jumlasidan: buyuk joʻshqinlik va irodaga ega boʻlgan titan "Moisey" (1515—16, Rimdagi cherkovda) yodgorlikning markaziy boʻlagiga aylangan; "Isyonkor qul" va "Oʻlayotgan qul" (1513—16, Luvr) asarlarida kuchqudratga toʻliq kishanlarni uzayotgan va zanjirdagi oʻlimiga rozi boʻlgan ikki navqiron qarama-qarshi qoʻyiladi. M. yaratgan asarlaridagi obrazlar yorqinligi bilan qimmatlidir.
 
1520 y.dan M.ning qarashlari fojiali tus ola boshladi. 1534 y.da Rimga butunlay koʻchib oʻtadi. Ijodidagi bu ohanglar Florensiyadagi San-Lorense cherkovida Lorenso va Juliano Medichi qabrlariga ishlagan yodgorliklarida oʻz ifodasini topdi (1520—34). Vafot etgan gersoglar qiyofasida portret xususiyatlari yoʻq, ular faol va samarali hayotni tarannum etuvchi obrazlardir, ularning oyoq tomonlarida tez oqib oʻtayotgan vaqt (kun)ni ifodalovchi 4 ta haykal 2 juft holatida oʻrnatilgan.