Czesław Miłosz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
MILOSH (Milosz) Cheslav (1911.30.6, Sheteynyay) — polyak yozuvchisi; fransuz va ingliz tillarida ham ijod qilgan. 1951 y.dan muhojirlikda (avval Fransiyada, 1960 y.dan — AQShda). 30—50-y.lardagi sheʼr va dostonlarida, "Kunchiqishda va kunbotarda" (1974), "Bepoyon zamin" (1984) sheʼriy kitoblarida hoz.hozirgi zamon kishisining halokatli tajribalarini jahon sivilizatsiyasi taraqqiyoti nuqtai nazaridan tushunib yetish, inqiroz va mudroq holatlarga qarshi kurashish gʻoyasi aks etgan: M. timsolidagi shoir talafotlardan asrovchi, 20-a.da butun boshli xalq va sivilizatsiyalar xalokatining solnomachisi sifatida namoyon boʻladi. "Hokimiyatni zabt etish" (1953), "Asoratga tushgan akl" (1953) masalqissalari avtoritarizmga qarshi gʻoyalar bilan sugʻorilgan. "Qitʼalar" (1958), "Shaxsiy majburiyatlar" (1972) esse kitoblarida turli madaniyatlarning tayanch maʼnaviy belgilarini, madaniy ong fenomenini tadqiq etadi. M.ning fikricha, hoz.hozirgi ong , shuur dramatizmi dunyoning yaxshi va yomon, yovuz tarzida 2 xil namoyon boʻlishi (q. [[Moniylik]]), gunohkorlik va oʻzini ilohiylashtirishni boshdan kechirish, eʼtiqod va aqlning oʻzaro qarshi kurashi bilan belgilanadi, u nafaqat bartaraf etib boʻlmaydigan, balki 20-a. kishisining oʻz takdirini oʻzi belgilashidagi manba hisoblanadi. M. Qadimiy ahd va Yangi ahdni, ingliz sheʼriyatini polyak tiliga, polyak sheʼriyatini ingliz tiliga tarjima qilgan. Nobel mukofoti laureata (1980).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==