Mineralogiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k f-t → fakultet
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
'''Mineralogiya''' (mineral... va ...logiya) — minerallar haqidagi fan; minerallar, ularning tarkibi, xossalari, fizik tuzilishi (strukturasi)ning morfologiyasi va krnuniyatlari, shuningdek, tabiatda hosil boʻlish jara-yonlari va oʻzgarish sharoitlarini hamda sunʼiy yoʻl bilan (sintez) olish va amalda foydalanish yoʻllarini oʻrganadi. M.ning asosiy vazifasi — foydali qazilma konlarini qidirish va baholash, xom ashyoni amaliyotda qoʻllash uchun boyitishning ilmiy asoslarini yaratishdan iborat. M.dan 19-a.da kristallografiya va petrografiya, 20-a. boshlarida foydali qazilmalar haqida taʼlimot, geokimyo, soʻngra kristallokimyo ajralib chiqpi. M. hoz.hozirgi zamon fizikasi, kimyosi qonuniyatlaridan keng foydalanadi.
 
M.ni urganishniig asosiy yoʻnalishlari. Tavsifiy M.ning asosiy vazifasi minerallarning sistematikasi masallari; morfologiyasi, konstitutsiyasi, fizik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, geografik tarqalishi haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirishdan iborat. Tavsifiy M.da hoz.hozirgi vaq-tda minerallar fizikasi eng muhim boʻlimni tashkil etadi.
 
Genetik M. muayyan mineral turi va minerallar assotsiatsiyasi — foydali qazilma konlarini hosil boʻlishiga sabab boʻlgan sharoit, qonuniyat va jarayonlarni aniqlaydi; minerallarning hosil boʻlish jarayonini tavsiflovchi fizikkimyoviy oʻlchamlari (tra, bosim, mineral hosil boʻluvchi muhitning kimyosi)ni belgilaydi. Genetik M.minerallar tipomorfizmi haqidagi taʼlimotni; ontogenetik va kristallomorfologik taxlilni; qattiq va gazsuyuklik kiritmalarni ta-dqiq qilish va b.ni oʻz ichiga oladi.