Vengriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 16:
Aholining 97% vengerlar, shuningdek nemislar, slovaklar, [[x]]orvatlar, ruminlar, yahudiylar, serblar, slovenlar, polyaklar, loʻlilar va b. ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi: 1 km: ga 115 kishi toʻgʻri keladi, 62% aholi shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlar asosan katoliklar (64%) va protestantlar (23%). Rasmiy tili — venger tili. Yirik shaharlari: Budapesht, Mishkols, Debresen, Seged, Pech.
 
Tari[[x]]i. V. hududida dastlabki manzilgohlar paleolit davrida paydo boʻlgan. Bu yerda skif, illiriy, kelt qabilalari yashagan. Mil. av. 1-a. o[[x]]iri va mil. 2-a. boshlarida ularni Rim imperiyasi zabt etgan. Keyinchalik, [[x]]alqlarning buyuk koʻchishi davrida V. hududida german va turkiy elatlar kelib joylashgan. 6-a. da slavyanlar kelgan. Hoz. vengerlarning ajdodlari mil. davr boshlarida Qora dengiz boʻylarida yashar edi. Koʻchmanchi chorvador venger qabilalari 9-a. o[[x]]irlarida gʻarbga siljib, hoz.hozirgi V. hududiga kelib joylashgan. V. davlatining shakllanishida 997 y. [[x]]ristianlikning qabul qilinishi va knyaz Ishtvan I ning ta[[x]]tga oʻtirishi muhim rol oʻynadi. U 1000 y.da oʻzini qirol va davlatni qirollik deb eʼlon qildi. 10-a. ning ikkinchi yarmidan boshlab dehqonchilik rivoj topdi, yerga [[x]]ususiy mulkchilik kuchaya bordi. Moʻgʻullarning hujumi (1240—41) V. ni vayron qildi. Bu davrda qirol Bela JV (1235—70) Avstriyaga qochdi. 1242 y. da bosqinchilar ketgach, qirol qaytib kelib, mamlakat [[x]]oʻjaligini qayta tiklash, mamlakatni mustahkamlash choralarini koʻrdi: mayda va oʻrta dvoryanlarga imtiyozlar berdi, qoʻshni davlatlar bilan aloqa oʻrnatdi. Uning vafotidan keyin feodal tarqoqlik kuchaydi. Karl Robert (1308—42) va uning oʻgʻli Layosh (Lyudovik) (1342—82) davrida hokimiyat markazlashtirilib, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga eʼtibor berildi.
 
15-a. boshidan V. ga turklar ta[[x]]did soldi. Dastlab 1416, 1418 i. larda turklar V. jan.ga bostirib kirdi. Mamlakatdagi feodal tarqoqlik turklarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borishga [[x]]alaqit berdi. Ichki nizolar kuchaydi, dehqonlarni ekspluatatsiya qilish zoʻraydi. Oʻzaro urushlar, dehqonlar gʻalayoni mamlakatni tobora zaiflashtirdi. Mo[[x]]ach yaqinida vengerlar sulton Sulaymon armiyasilan yengilib (1526), V. ning markaziy va jan. qismi Turkiyaga (150 y. davomida) qaram boʻlib qoldi, gʻarbiy va shim. qismi Avstriyaga oʻtdi. Venger dvoryanlari Avstriya monar[[x]]i Ferdinand Gabsburgni oʻz qiroli deb tan oldi. V. ning sharqida Transilvaniya knyazligi tashkil topdi, keyinchalik u ham Avstriyaga qaram boʻlib qoldi (1858).