Mongoliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 61:
Maorifi, ilmiy va madaniy maʼrifiy muassasalari. 2000 y.da 660 umumiy taʼlim maktabida 381 ming bola, 47 oliy oʻquv yurti, jumladan, 27 ta davlat unti, institut va kollejlarda 60 ixtisoslik buyicha bakalavr, 32 ixtisoslik boʻyicha magistr unvonini olish uchun 26265 talaba taʼlim oldi. Ulan-Bator sh.da Mongoliya FA ish olib boradi. M.da bir qancha i.t. muassasalari ham mavjud. M.da 424 ta ku-tubxona (4,2 mln. asar) bor. Yiriklari: Davlat xalq kutubxonasi, FA va universitet kutubxonalari. Muzeylari: Davlat markaziy muzeyi, Nafis sanʼat muzeyi, Din tarixi muzeyi va b.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da bir qancha gaz. va jur.lar nashr etiladi. Asosiylari: "Unen-uu?" ("Haqiqatmi?", haftada Z marta chiqadigan gaz., 1920 y.dan; 1996 y. urtalarigacha "Unen" nomi bilan nashr etilgan; 1996 y. sent.dan hoz.hozirgi nomda), "Zalgamjlagch" ("Oʻrinbosar", 2 oyda bir marta chiqadigan jur., 1926 y.dan), "Xudulmur" ("Mehnat", haftada 3 marta chiqadigan gaz., 1928 y.dan), "Xumuun" ("Inson", gaz., 1990 y.dan), "Ardin tur" ("Xalq hokimiyati", yiliga 4 marta chiqadigan jur., 1950 y.dan), "Mongolii duu xooloy" ("Mongoliya ovozi", gaz., 1992 y.dan), "Mongolii xudoo" ("Mongol qishlogʻi", haftalik gaz., 1970 y.dan), "Ardchilal tayme" ("Demokratiya vaqti", gaz., 1993 y.dan), "Yertons" ("Koinot" gaz., 1990 y.dan), "Sog" ("Mashʼala", 2 oyda bir marta chiqadigan jur., 1994 y.dan). Mongol telegraf agentligi (MONSAME), qukumat agentligi, 1921 y.da tuzilgan; Mongoliya ovozi, axborot agentligi, 1992 y.da tashkil etilgan; San-press, axborot agentligi, 1992 y.da asos solingan. Mongol radioasi 1934 y.da, Mongol telekoʻrsatuvi 1967 y.da tashkil etilgan.
 
Aaabiyoti. Mongol xalq ogʻzaki ijodiyotida qoʻshiq, doston, ertak, madhiya, pandnasihat, afsona, topishmoq, maqollar koʻp. Yozma adabiyoti 12— 13-a.
Qator 79:
Zamonaviy M. musiqasi 20-a.ning 20—30-y.larida vujudga kelib, rivojlana boshladi. "Shive Kyaxta" deb atalgan birinchi partizanlar qoʻshigʻi 1921 y.da ijod qilindi. S. Gonchiksumla, U. Lubsanxurchi va M. Dugorjav kabi kompozitorlar tanilgan. Turli musiqiy janrlar (xor, opera, simfoniya) rivojlana boshladi. Ulan-Batorda Opera va balet teatri o"childi, unda mahalliy va chet el mualliflarining asarlari sahnalashtirildi. M. xalq ashula va raqs ansambli, simfonik orkestr, duxovoy orkestr, aymoq markazlarida musiqali drama teatrlari, Ulan-Batorda musiqalixoreografiya bilim yurti bor.
 
Teatrning kelib chiqish ildizlari qadim zamonlarga borib taqaladi. Xalq tomoshalarining shakllari xilma-xil boʻlgan. Xonandalarni xurch, baxshilarni uligerch deb ataganlar. Yaxshi niyat tilaguvchi yorolch va magtalchlar baland ovozda gapirayotganda raqs ijro etib turilgan. Biyeleg raqslarida teatr unsurlari koʻzga tashlanadi. Toʻylar, farzand tugʻilishiga bagʻishlangan marosimlar, hosil bayramlarida voqeiy tomoshalar koʻrsatilgan. 17-a.dabu joylarda buddaviylik yoyilishi munosabati bilan vujudga kelgan sam deb atalgan diniy teatrlarga va dunyoviy saroy teatrlariga ham ushbu teatr shakllari kirib keldi. Yangi yil bayrami kunlari koʻchalarda qoʻgʻirchoq spektakllari koʻrsatiladi. 20-a. boshlarida havaskorlik toʻgaraklari rivojlana boshladi. 20-y.larda Ulan-Batorda tashkil etilgan drama toʻgaraklari asosida professional teatrlar vujudga keldi. 1930 y. poytaxtda teatr studiyasi ochildi va oʻsha yiliyoq uning negizida Davlat musiqali drama teatri tashkil etildi. 1948 y.dan Ulan-Batorda qoʻgʻir-choq teatri, 1950 y.dan Markaziy bolalar teatri ishlaydi. Ularda mongol xalqining tarixi va hoz.hozirgi hayotini aks ettiruvchi pyesalar bilan bir qatorda jahon klassikasi durdonalari ham oʻrin olgan.