Mustaqillik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
'''Mustaqillik''' — davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir. U BMT Ustavi va xalqaro shartnomalar va deklaratsiyalart mustahkamlab qoʻyilgan.
 
Unga rioya qilish hoz.hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy vazifasidir. Davlatning suvereniteti uning boshqa davlatlar bilan munosabatlaridagi mustakilligini ham bildiradi. M. davlatning faqat siyosiy emas, balki iqtisodiy mustaqilligini ham anglatadi.
 
M. insoniyatning azaldan orzu-umidi boʻlib kelgan. Ana shu gʻoya asosida AQSH, Fransiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida inqiloblar yuz berdi. 20-a.ning 90-y.lariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning oʻrnida bir necha mu-staqil respublika, Chexoslavakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga boʻlinib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, nemislar yashaydigan hududda sotsialistik tuzum barham topdi. Ayni chogʻda, sobiq SSSR parchalanib uning oʻrnida mustaqil taraqqiyot yoʻlini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi. Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib M.ka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi. Oʻzbekistonning M.ka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi.