Navoiy teatri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 5:
Teatr jamoasi Rossiya, Hindiston, Germaniya, Singapur, Malayziya, Yaponiya, Tailand kabi oʻnlab mamlakatlarda bir necha bor gastrolda boʻlgan. Oʻz navbatida N. t. sahnasida Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarining yetakchi yakkaxon xonanda, balet ustalari va dirijyorlar oʻz sanʼatlarini namoyish qildi.
 
Mustaqillik yillarida teatr rivojini yuksak darajaga koʻtarish, milliy opera va balet spektakllari yaratishga jiddiy eʼtibor berildi. 1991—2003 y.lar mobaynida "Malikai ayyor" (S.Jalil), "Umar Xayyom", "Axmad alFargʻoniy" (M. Bafoyev), "Taxtga yoʻl" (N. Zokirov), "Amir Temur" (G. Gendel), "Buyuk Temur" (A. Ikromov) operalari, "Shoirona miniatyuralar" (U. Musayev), "Nasriddinning qilmishlari" (S. Yudakov), "Ming bir kecha" (F. Amirov) kabi baletlar sahnalashtirildi. Teatr repertuaridan oʻnlab mumtoz opera va balet asarlari ham oʻrin oldi. Teatrda turli yillarda M. Ashrafiy, B. Inoyatov, F. Shamsiddinov, N. Goldman, X. Shamsiddinov, Gʻ. Toʻlaganov, A. Abduqayumov, D. Abdurahmonova singari dirijyorlar, 3. K,o-bulov, M. Tojizoda, M. Muhamedov, E. . Yungvald— Xilkevich, A. Mirolimbo-yeva, F. Safarov kabi rej.lar, Tamaraxonim, M. Turgʻunboyeva, V. Gubskaya, G. Izmaylova, Ye. Baranovskiy, P. Yorkin, M. Makaryans, I.Yusupov va b. baletmeysterlar, M. Musayev, R. Brim, M. Gvozdikov va b. rassomlar, M. Qoriyoqubov, H.Nosirova, B. Mirzayev, K. Zokirov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Azimov, N. Ahmedova, S. Krbulova, S. Yarashev, V. Grinchenko, R. Laut, S. Benyaminov, M. Dovidov, J. Nizomxoʻjayev, E. Yoʻldoshev, I. Jalilov, B. Qoriyeva, 3. Davletmurodova, V. Vasilyev, I. Kistanov kabi sanʼatkorlar ijod kilishgan. K. Muhiddi-nov, M. Razzokova, R. Latipov, G. Ham-royeva, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar O. Aleksandrova, G. Azizova, D. Yoqubova, V. Gellertov, A. Shalberkin, N. Shilova, T. Muhamedova, N. Hasanova va b. teatrning hoz.hozirgi kundagi yetakchi opera va balet ijrochilaridir. Teatrning bosh dirijyori — F. Yoqubjonov, bosh baletmeysteri — I. Yusupov, bosh xormeysteri — S. Shodmonov, bosh rassom — 3. Botirov, badiiy rahbar — A. Ergashev. Hoz. repertuarida 50 ga yaqin spektakl mavjud.
 
Teatr binosi 1947 y.da kurib bitkazilgan (meʼmor A. Shchusev loyihasi asosida). Bino bezagida T. Arslonqulov, A. Boltayev, Q. Jalilov, S. Norqoʻziyev, Us t a Shirin Murodov, Jalil va Bolta Joʻrayevlar (Davlat mukofoti, 1948) va b. qatnashgan. Bino tarzi va interyerini bezashda milliy meʼmorlik anʼanalaridan foydalanilgan. Devorlarida Ch. Ahmarov (Davlat — mukofoti, 1948) ning A. Navoiy asarlariga ishlagan miniatyuralari aks etgan. Bino tarzlari peshayvon shaklida ravoqlar (3 old, 2 yon tomonlaridagi ravoqlar 9 ta) qatoridan iborat. Foye, tomosha zali, sahna va b. 3 qavatga joylashgan. Bezaklarida Buxoro meʼmorlik maktabining ganchkori bezaklari; toshkentlik ustalarning namoyon va ravoqlari, guldasta bezaklari; xivalik ustalarning ganchkori, marmar, naqsh, yogʻoch oʻymakorligidagi oʻziga xos uslublari; samarqandlik ustalarning boʻrtma, muqarnasli jozibador lavhalari, fargʻonalik ustalarning oʻsimliksimon bezaklari; termizlik ustalarning unutilib ketgan mayda davra va jingalak tasvirli oʻymasi yangidan jonlantirilgan. Binoning pastki zalidagi devoriy rasmlarda musiqa, raqs sheʼriyat va rassomlikni ifodalovchi majoziy obrazlar (goʻzal ayollar) tasvirlangan. Oʻ. Tansiqboyev, M. Arinin, K. Cheprakov va b. bino foyelarida qoʻshimcha devoriy rasmlar ishlaganlar. Tomosha zali 760 oʻrinli.