Neogen sistemasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 7:
Tinch okean chekkalarida materiklar sohilida togʻ sistemalari (Kordilyera, And, Kamchatka, Yaponiya, Filippin, Yangi Gvineya) vujudga keldi. Markaziy Osiyodagi togʻlar ham shu davrda qosil boʻldi. Ayni vaqtda Afrika va Osiyoda yoriklar boʻylab Yer poʻstining chuqur rift botiqlari va ularni oʻrab turgan koʻtarilmalar shakllandi. Yoriklar boʻylab siljish zilzila va vulkanizmni kuchaytirdi. N.s.(d.) yotqiziqlarining qalinligi togʻ oldi va togʻ oraligʻi botiklarida bir necha km ga yetadi. Qurgʻoqchil oʻlkalarda gips, kaliy va b. tuzlarning kalin katlamlari vujudga kelgan. Antarktidada muzliklar N.s.(d.) boshida, shim. oʻlkalarda esa neogen oxirida hosil boʻlgan. KaD-burmalanish oʻlkalarida vertikal tektonik harakatlarning neogenda faollashishi "epiplatformali orogenez" nomini olgan.
 
Organik dunyosi. Neogen davri oʻsimliklarining koʻpgina turkum va turlari hozirgacha sakdanib kelmoqda. Shim. yarim sharda iklim neogen boshida hoz.hozirgi davrga nisbatan ancha ilik, va sernamroq boʻlgan.
 
Sibirda keng bargli oʻrmonlar, Fapbiy Yevropaning nisbatan shim. kengliklarida palma, dafna va b. daraxtlar oʻsgan. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston tekisliklarida hoz.gahozirgiga oʻxshashroqdasht va choʻl oʻsimliklari N.s.(d.) boshlarida ham mavjud boʻlgan.
 
Neogen boshlarida Yevropa hududida quruklikdagi fauna keskin yangilangan: xaltalilar, qad. vaxshiy hayvonlar oʻlib bitgan. Ular oʻrnida hoz.hozirgi ham yashab kelayotgan hayvonlarning ajdodlari paydo boʻlgan. Shim. va Sharqiy Afrikada kontinental yotqiziqlar orasidan maymun skeletlarining ayrim suyaklari topilgan.
 
Hasharot va kemiruvchilarning yangi turkumlari paydo boʻldi. Shim. Amerika sut emizuvchilari boshqalardan xoli rivojlandi. Neogen oʻrtalarida Yevropa va Osiyoning keng hududlarida dashtga xos hayvonlar tarqaldi. Neogen oxirida hozirgacha tropik mintaqalarda yashab kelayotgan koʻpgina hayvon turkumlari Yevropada yoʻqolib ketdi. Jan. Amerika N.s.(d.)da koʻp vaqt aloqida materik boʻlganligi uchun u yerda Shim. yarim sharda uchramaydigan oʻziga xos fauna (xaltalilar, tuyokdilar, kemi-ruvchilar va yassi burun maymunlar) rivojlandi. Faqat pliotsen oʻrtalarida Shim. Amerikadan koʻplab hayvonlar jan.ga tomon siljidi. Avstraliya paleogen boshidan alox.ida boʻlib, u yerda yirik xaltalilar yashagan.