Nepal: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 72:
N.da qadimdan yogʻoch va suyak oʻymakorligi, bambukdan savat toʻqish, kulolchilik, jun va shoyi gazlamalar, gilamlar toʻqish, oltin va kumush takinchoklar yasash urf boʻlgan.
 
Teatri va musiqasi. Qadimdan teatrlarda xalq tomoshalari — nritya (nach)lar koʻrsatilgan. Har bir xalqnint ramziy maʼnodagi raqs tomoshalari boʻlgan: devi nritya, ghatu nritya (xudolar va afsonaviy qaxramonlar hayoti) va bara mase (nikoh, hosil bayramlari va b.). 15—18-a.lardagi xalq raqs tomoshalari 20-a.da hoz.hozirgi shaklini oldi. "Mahakali", "Harisiddha", "Pachali", "Kankeshvari", "Ghanteshvari" kabi xalq tomoshalari tez-tez koʻrsatilgan. Bhaktapur sh.dagi Suvarna Malla sa-royida "Nav Durga", "Mahalakshmi" va b. tomoshalar qoʻyilgan. 3 soat davom etgan tomoshada aktyor 8—10 ibora ay-tib, xor joʻrligida shu soʻzlarning maʼnosini oʻyin bilan ochib bergan. Turli xalq tomoshalari taʼsirida N. mumtoz teatr janri — gitinatya (xoreog-rafik spektakl) paydo boʻldi.
 
20-a. 40-y.larida bir pardali drama rivojlandi. Dramaturgiyaning rivojlanishiga karamay, doimiy dramatik teatr boʻlmagan, qavaskorlik truppalari tomoshpar koʻrsatar edi. 1973 y. oxirida musiqali raqs havaskorlar jamoasi majoziy gitinatya "Himoya"ni qoʻydi. Unda xudolar va afsonaviy qahramonlar bilan bir qatorda zamonaviy qahramonlar ham ishtirok etadi. 70-y.larda bu jamoa professional truppaga aylantirildi. Keyinli yillarda mual-liflar voqelikni tasvirlay boshladilar. N. radiosi xuzuridagi yarim havaskor teatr jamoasi zamonaviy spektak-llar koʻrsatadi. 1973 y.da professional musiqa jamoasi tashkil etildi. Qirollik akademiyasi huzurida musikd, xalq raqs va ashula boʻlimi bor. Zamonaviy kompozitorlar orasida Shiva Shankar, Nata Kaja va b. mashhur.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>