Oila: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 8:
O. jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda-toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar mu-ayyan tartib-qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, soʻngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib guruxli O. paydo boʻlgan. Lekin, bu O.larda hali er-xotin nikohi bar-qaror alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan. Bu davrda tabiiy omil oʻz vazi-fasini tugalladi, yaʼni jinsiy munosabatlar doirasidan qonqarin-doshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi (yana k,. Patriarxal oila, Poliandriya, Poligamiya, Poliginiya).
 
Ijtimoiy i.ch. — chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mah-sulot i.ch.da ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqei ham tubdan oʻzgardi. Mavjud qoida tartiblar — farzandlarning onagagina tegishli boʻlishi, ona mulkiga merosxoʻr sanalishi erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota xuquqiga asoslangan patriarxal O. vujudga keldi. Shunday qilib, hoz.hozirgi individual O.ning oʻtmishdoshi — monogam O. vujudga kelgan (k,. Monogamiya).
 
O. xalqning , jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi. Yaxshilarini oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. O. oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ij-timoiy yoʻnalish beradi. Oʻz farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qoʻshish bilan esa O. jamiyat yoʻnalishi, iqtiso-diyoti, madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham Sharqsa O. qadim-qadimdan muqaddas qoʻrgʻon hisoblanib kelingan. Xususan, oʻzbek O.larining serildizlik, serbutoklik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Oʻzbeklarda O.larning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta roʻzgʻor tutishi, farzandlarni odobli, maʼna-viy yetuk boʻlib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta. oʻzbek O.lari oʻzlarining mustahkamligi, saran-jom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mexr-oqibatli va b. qadriyatlari bilan ajralib turadi (q. [[Oila tarbiyasi]]).