Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
"OʻZBEKISTON ADABIYOTI VA SANʼATI" — haftalik ijtimoiy-adabiy gazeta. Muassislari: Oʻzbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi. Dastlabki soni 1956 yil 4 yanvar
 
da "Oʻzbekiston madaniyati" nomi bilan haftada 2 martachiqqan. 1981 yildan hoz.hozirgi nomda koʻpaytirilgan hajmda (8 bet) chop etiladi. Sahifalarida adabiyot va sanʼat masalalari bilan uzviy bogʻliq holda xalq hayotining barcha qirralari maʼnaviyaxloqiy qadriyatlar nuqtai nazaridan aks ettirib boriladi. Mumtoz oʻzbek adabiyotiga, maʼnaviy merosimizga doir tadqiqotlar, adabiy tanqid va adabiyotshunoslikda kechayotgan jarayonlar bilan birga tarixiy adolat va ijtimoiy fikr rivojidagi yangiliklar ham atroflicha qamrab olinadi. Shuningdek, gaz. sahifalarida imoneʼtiqodga, maʼnaviy ehtiyojga doir maqolalarga keng oʻrin berilgan. Gaz.da oʻzbek shoir va yozuvchilarining yangi asarlaridan namunalar muntazam yoritiladi. Mushtariylar kino, teatr, meʼmorlik, dizayn, tasviriy va amaliy sanʼatdagi yangiliklar, mumtoz qoʻshiqchilik, zamonaviy estrada va raqs sanʼatidagi jarayonlar bilan keng tanishib boradilar. Yosh, istedodli ijodkorlarning yangi asarlarini ham doimiy ravishda oʻqib borish mumkin.
 
Gaz.ga O.Yoqubov, M. Muhamedov, R.Fayziy, V.Zohidov, L.Qayumov, A. Muxtor kabi yozuvchilar turli davrlarda muharrirlik qilganlar. Hoz. muharriri Ahmadjon Meliboyev (1988 — 2000; 2004 yildan). Adadi 5500 (2005).