Paleolit: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 11:
Oʻrta P. davrida ob-havo keskin pasayib, muzliklar davri boshlanadi. Havoning sovushi oqibatida va oʻsimlik dunyosi ham tubdan oʻzgaradi. Issiq iqlimga moslashgan hayvonlarning bir qismi jan. mintaqalarga siljib, qolgani halok boʻladi. Ularning oʻrnini yangi sharoitga koʻnikkan chidamli mamontlar, yungdor karkidonlar, uzun shoxli bizonlar, qoʻtoslar, bugʻular, arharlar va b. hayvonlar egallaganlar. Bu davrda ovchilik xoʻjaligi takomillashib odam toʻdalarining toʻplari kattalashgan. Tosh va suyaklardan turli xildagi ov qurollarini yasash takomillashgan. Yirik hayvonlarga ommaviy ov qilish tufayli katta toʻdalarga uyushgan qad. odamlar olov hosil qilishni kashf etganlar, gulxanlar yoqib, sovuqdan va xavf-xatardan saqlanishni, goʻshtni oʻtda pishirib isteʼmol qilishni bilishgan. Yirik hayvon suyaklari, mamont tishlari va kuraklari hamda xodalardan jar, soy va koʻl yoqalarida yarim yertoʻla kulbalar qurib, tomini hayvon terilari bilan yopib, sahniga poʻstaklar toʻshashgan. Suyaklardan teshgich, bigiz, soʻzan va ignalar yasab, terilardan yopinchiqlar tikib kiyishgan. Oʻrta P. davri oxirida esa marhumlarni dafn etish marosimi paydo boʻlgan. Oʻrta Osiyoda 50 dan ortiq oʻrta tosh davrining yodgorliklari topilib, oʻrganildi. Oʻzbekistonda ular Toshkent viloya-tida Obirahmat, Xoʻjakent, Paltov, Koʻlbuloq; Samarqand viloyatida Omon-qoʻton, Qoʻtirbuloq, Zirabuloq, Xoʻjamazgil; Navoiyda Uchtut degan joylarda tekshirilgan. Hatto Surxondaryoning Boysun tumanida Teshiktosh unguridan oʻrta P. davriga tegishli 8-9 yashar bolaning qabri topilgan. Bu, shubhasiz, fan olamida jiddiy kashfiyot edi. Oʻrta P. davrida ming yilliklar osha erishilgan hayotiy yutuqlar urugʻdoshlik jamoasi va uning ilk madaniyatini shakllanishiga asos boʻlgan.
 
Yuqori P. mil. av. 40—35 ming yilliklardan 12—10 ming yillikka qadar davom etib, muzliklarning oxirgi (vyurm) bosqichida kechdi. Bu davrda yirik hayvonlarni ov qilish tufayli odam toʻdalarining katta toʻplarga birlashishi; mayda tuda ichida ekzogamiya urfodati muqimlashib, urugʻ jamoasi (matriarxat)ning qaror topishi; uzoq vaqt muttasil pishirilgan goʻshtni isteʼmol qilish va tabiiy tanlov jarayoni tufayli odamning jismoniy qiyofasi ham oʻzgardi. Bu davrda hoz.hozirgi zamon qiyofadagi ajdod — neoantrop, yaʼni "yangi odam" shakllandi. Bunday odamning mehnat qurollari va suyak qoldiklari dastlab 1868 y.da Fran-siyaning Kromanon qoyasi yaqinida topilib, oʻrganilgani uchun u tarixda kromanon nomi bilan shuhrat topdi.
 
Keyingi bir asr davomida Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya hududlaridan kromanonlarning yuzlab makonlari, har turli nayza va kamon oʻqining tosh paykonlari, suyak va hayvon shoxlaridan yasalgan bigiz, igna, qarmoq, burgʻu (parma) va xilma-xil bezakli ashyolar topilgan.