Paleontologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 5:
P. fan sifatida tarixiy geol. bilan uzviy bogʻliq holda vujudga keldi. Har 2 fan asoschisi J. Kyuvye hisoblanadi; u kollejda "Qazilmalar tarixi" fanidan dare bergan va sut emizuvchilarning qazilma suyaklarini chuqur qiyosiy-anatomik oʻrganish natijasida umurtqalilar P.sini yaratgan (1808). Keyinroq fransuz botanigi A. Bronyarning "Qazilma oʻsimliklar tarixi" nashr etil-gach, paleobotanika vujudga keddi. J. Kyuvye va A. Bronyar (1811) geol.da tosh-qotgan organizmlar haqidagi tasavvurlarni rivojlantirdilar; ularning har ikkisi qazilmalar bilan hozirgi zamon organizmlarini oʻzaro bogʻlab, halokatlar nazariyasini yoqlab chiqdilar. "P." terminini 1marta (1822) fransuz zoologi A. de Blenvil ishlatgan. Dastlabki evolyusion nazariya asoschisi boʻlgan J. B. Lamark umurtqasizlar P.sini yaratgan. 19-a. ning 1yarmida P.da turlarning oʻzgarmasligi va ularning hayotida ketma-ket keskin oʻzgarishlar boʻlib turishi haqidagi gʻoya hukmron boʻlgan. Shu bilan birga, bu umumiy qarashlarni shveysariyalik L. Agassis, angliyalikA. Sejvik va fransiyalik A. D. Orbinilar rivojlantirdilar. Natijada stratigrafik P. shakllandi va 40-y.larning boshida Yerning umumiy stratigrafik shkalasi ishlab chiqildi.
 
19-a.ning 60-y.laridan P.da yangi bosqich vujudga kelib, u tabiatshunoslik fanlarining keyingi rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan evolyusion nazariyaning yaratilishi (Darvinning "Turlarning kelib chiqishi" asari, 1859 y.) bilan bogʻliq. 19-a.ning koʻpgina paleontologlari darvinist boʻlmasalarda, evolyusionizm gʻoyalarini P.da tez yoya boshladilar. V. O. Kovalevskiy hoz.hozirgi evolyusion P.ning chinakam asoschisi sifatida muhim oʻrin tutadi. Uning umurtqalilar P.si va avstriyalik geolog Neymayrning umurtqasizlar P.siga oid asarlaridan keyingi-na darvinizm paleontologik asosga ega boʻldi. Umurtqalilar P.si evolyusiyaning nazariy masalalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
 
P. biologiya, sitologiya, biokimyo, biometriya kabi fanlar bilan uzviy bogʻliq boʻlib, qisman ularning metodlaridan foydalanadi. U qiyosiy anatomiya, xayvonlar va oʻsimliklar morfologiyasi va sistematikasi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, bu fanlar bir-birini boyitmoqda. Morfologik funksional analiz va qazilmalarning skeletlari strukturasi morfogenezini oʻrganish P.ni fiziologiya, embriologiya, biomexanika bilan yaqinlashtiradi. Qad. organizmlarni qiyosiy-tarixiy oʻrganish natijasida P. ekologiya, biogeotsenologiya, biogeografiya, gidrobiologiya va okeanologiya bilan tobora koʻproq bogʻlanmoqda. Yer toʻgʻrisidagi fanlar ichida P.ning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Geol. 18—19-a.