Paxta tozalash sanoati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 5:
P.t.s. boʻyicha i.t. ishlari 1990 y.gacha Toshkent sh.da joylashgan Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi i.t. instituti (1959), Markaziy paxta tozalash sanoati i.t. instituti (SNIIXprom; 1926)da olib borilgan.
 
Oʻzbekiston mustaqillikka erishga-nidan soʻng respublika P.t.s.ning mamlakat iqtisodiyotidagi oʻrni tamomila oʻzgardi. P.t.s. mahsulotlari respublikaning asosiy eksport tovarlaridan biriga aylandi. Ilgari paxta tolasi eksporti Markaz tasarrufida boʻlib, uni "Eksportlyon" tashqi savdo birlashmasi va uning Toshkentdagi idorasi amalga oshirib kelgan. 90-y.lar boshidan respublika paxta tolasi va P.t.s.ning boshqa mahsulotlarini mustaqil holda eksport qilishni boshladi va hoz.hozirgi davrda 50 dan ortiq xorijiy mamlakatlariga eksport qiladi. Sohaga yangi texnika, texnologiya jadal surʼatlarda joriy etilmoqda. Xorijiy mamlakatlarning ilgʻor texnologiyasini oʻrganish va joriy etish, tarmoq korxonalarida paxta tolasi boʻyicha jahon standartlariga oʻtish uchun AQSH, Shveysariya va b. mamlakatlardagi firmalarda ishlab chikarilgan priborlar va texnologiyani qoʻllash borasida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Turkiya va b. xorijiy davlatlar il-miy-texnikaviy hamkorlikda Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda paxtani qayta ishlashdan tayyor toʻqimachilik mahsulotlari i.ch.ga qadar boʻlgan jarayonlarni qamrab oladigan k-tlar qurilishi boshlandi.
 
Oʻzbekiston P.t.s.da 128 ta paxta tozalash korxonasi (z-di), 511 ta paxta qabul qilish (tayyorlash) maskani bor (2003). Asosiy texnologik jarayonlarda 298 paxta quritgich, 1431 tozalash mashinalari, 372 tola ajratish (jin), 1397 lint ajratish mashinalari, 370 presslar oʻrnatilgan. 2000—2003 y.larda 5 ta yangi paxta tozalash korxonasi ishga tushirildi, 20 dan ortiq korxo-na rekonstruksiya qilindi. Oʻzbekistonda paxta tozalash korxonalarida yagona texnik siyosat olib borish vazi-fasi "Oʻzpaxtasanoat" uyushmasi zimma-siga yuklatilgan. Respublikada 992,8 ming t tola, 70,9 ming t lint, 1544,7 ming t chigit tayyorlanadi (2003; 2000 y.da tegishlicha 995,1; 64,8; 1517,6).