Psixologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 11:
Hoz. zamon P.si koʻp tarmoqli psixologik bilimlar tizimidan iborat fan hisoblanib, oʻzining tadqiqot predmetiga ega boʻlgan koʻplab sohalardan tashkil topgan: umumiy P., aviatsiya P.si, harbiy P., differensial psixologiya, psixofiziologiya, muhandislik psixologiyasi, kosmik psixologiya, huquq P.si, tibbiyot P.si, neyropsixologiya, patopsixologiya, pedagogik psixologiya, mehnat P.si, sport P.si, max-sus P., ijodiyot P.si, menejment P.si, marketing P.si, ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tashkiliy P., din P.si, oila P.si, P. tarixi, genetik P., amaliy P., eksperimen-tal P., kasb P.si, psixolingvistika, siyosiy P. va b. P.ning tarmoqlarga ajralishining asosiy sababi uning tarkibida tatbiqiy sohalar vujudga kelishidir. P. sanoatda, jamiyat boshqaruvida, taʼlim tizimida, sogʻliqni saklash, madaniyat, sport, transport, radio, televideniye va b. tuzilmalarda muhim masalalarni hal qilishda faol ishtirok qilmoqda. P. erishgan yutuqlari shaxs imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish va ularni harakatga keltirishda alohida ahamiyat kasb qilmoqda hamda shu asnoda mehnat samaradorligini oshirishga taʼsir oʻtkazmoqda. Zamonavyy P.da elektron-hisoblash texnikasi, elektr va kimyoviy vositalar yordami bilan psixikani chuqur oʻrganish kabilar qoʻllanilmoqda. P.daoʻzini oʻzi kuzatish (introspeksiya) metodi atrofida keskin bahslar davom etmoqda. Baʼzi yoʻnalishdagi psixologlar uni tadqiqot oʻtkazishning asosiy metodi deb taʼkidlasalar, boshqalari esa uning cheklanganligini eʼtirof qila-dilar, buning oʻrniga obʼyektiv metodlardan foydalanishni tavsiya etadilar. Obʼyektiv metodlar tufayli psixikaning moddiy negizi aniklangan, inson ichki munosabatlari bilan subʼyek-tiv holatlar sababiy bogʻliqligi yakka shaxsda, jamoada namoyon boʻlishi dalillangan. Jahon hamjamiyatida AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Shveysariya mamlakatlarida i. t. insti-tutlari va markazlarida, universitetlarda psixologik izlanishlar keng koʻlamda olib borilmoqda.
 
Oʻzbekistonda P. 1928 y.dan eʼtiboran hoz.hozirgi Milliy universitetda fan sifatida oʻqitila boshlandi. 1929 y. Xalq maorifi komissarligi qoshida P. labo-ratoriyasi ochildi. Keyinchalik pedagogika institutlarida P.ning bir necha sohalari boʻyicha talabalarga bilim berila boshlandi. 20-a.ning 2yarmida M. Vohidov, M. Davletshin singari mahalliy kadrlar yetishib chikdi. Hoz. davrda P. fanlari doktorlari V. Tokareva, E. Gʻoziyev, B. Qodirov, Gʻ. Sho-umarov, R. Gaynutdinov, V. Karimova, Sh. Barotov, A. Jabborov, R. Sunnatovalar P.ning umumiy P., pedagogik va yosh P.si, ijtimoiy P. sohalari boʻyicha tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Psixolog mutaxassislar tayyorlash va tadqiqot ishlari OʻzMU, SamDU, Fargʻona universiteti, Qarshi universiteti, Termiz universiteti bazalarida yoʻlga qoʻyilgan. Respublikamizda psixologik xizmat joriy qilingan va uning tarmogʻi tobora kengayib bormoqda.
 
== Adabiyot ==