Qadimgi Misr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 50:
Qad. podsholik davrida badiiy usullar takomillashgan, yangi meʼmoriy tiplar paydo boʻlgan. Meʼmor Imxotep exromning meʼmoriy tipini yaratadi. U firʼavn Joser uchun Sakkarada marhumlar ruhiga bagʻishlab marosimlar oʻtkaziladigan majmua bunyod etadi, uning markazida pogʻonali maqbara — ehrom (bal. 60 m., asosi 109,2x121 m) qurgan. Keyinchalik Qad. podsholik meʼmorlari faqat ehrom shakllarini takomillashtirganlar. Gizada meʼmor Xemnun firʼavn Xeops uchun qurgan ehrom (bal. 146,59 m, asosi 233x233 m), shuningdek, firʼavnlar Xefren (bal. 143,3 m, asosi 215,25x215,25 m), Mi-kerin (bal. 62 m, asosi 108,4x108,4 m) ehromlari (barchasi Gizada) shunday inshootlar qatoriga kiradi. Qad. podsholik davrida ibodatxonalarning yangi tipi paydo boʻlgan, ular odatda M.ning bosh maʼbudi — Quyosh maʼ-budi Raga bagʻishlangan. Toʻgʻri toʻrtburchak tarhli bunday ibodatxonani, odatda, ochiq qovlisi boʻlib, uning chekkalarida sajdagohlar va uchiga oltin qoplangan obelisk joylashgan. Maqbara va ibodatxonalar devoriy rasmlar, relyef va haykallar bilan bezatilgan. Bu davrda haykal portretlar sanʼati taraqqiy etdi. M.liklar tasavvuricha haykal portretlar marhumlarning qiyofadoshi rolini oʻtab, ma-rhumlarning ruxlari joylashgan joy vazifasini oʻtashgan.
 
Oʻrta podsholik davrida M. sanʼatida bir qator yangi xususiyatlar paydo boʻlgan. Firʼavnlarning maqbaralari oʻz mahobatini yoʻqotgan, ular koʻpincha qoya toshlarga oʻyib ishlangan, irrigatsiya inshootlari (kanallar, toʻgʻonlar, dambalar, Fayyum tevaragidagi suv omborlari) qurilgan, shaharlarning roli oshgan. Shahar qismlari tabaqaviy boʻlinish asosida qurilib, ular devor bilan ajratilgan. Oʻrta podsholik tasviriy sanʼatida realistik tendensiyalar kuchaygan. Nomarxlarning maqbaralaridagi devoriy rasmlardagi maishiy koʻrinishlari jonli ishlashga, oʻsimlik, hayvon, qushlarni jozibador koʻrsatishga, haykallarda modelning harakterini, yoshini va b.ni ifodalashga ahamiyat berildi (firʼavnlar Giksoslar istilosi (mil.av. 1700— taxm. 1580 y.lar)dan keyin Kds. M. sanʼati tushkunlik davrini boshidan kechirib, Yangi podsholik davrida katta ravnaq topdi. Osiyoga qilingan zafarli yurishlar, M. boyligini orttirdi, binolarda hasham koʻpaydi. Rasmlar va devoriy rasmlarda ziyofatlar, tantanalar, ov manzaralari aks ettirildi, manzara janriga alohida eʼtibor berildi (Rexmir, Naxt, Jes-serkaraseneb maqbaralaridagi devoriy rasmlar, mil. av. 15-a. oxiri). Yangi podsholik davri meʼmorligida ochiq tipdagi ibodatxona — sajdagohlar keng tarqalgan. Bu ibodatxona devorlariga firʼavnlarning gʻalabalari aks etgan devoriy rasmlar ishlangan (Amonra maʼbudning Karnakdagi, mil. av. 16— 12-a.lar va Luqsordagi ibodatxonasi, mil. av. 15—13-a.lar). Firʼavn Exnaton hukmronligi davrida eski maʼbudlarga sigʻinish bekor qilingan, yangi maʼ-bud — Atonga sigʻinish joriy qilingan. Yangi poytaxt — Axetaton qurilgan. Haykaltarosh Tutmes yaratgan firʼavn va uning xotini Nefertiti portretlari Qad. M. sanʼatining nodir namunalari sifatida hoz.gachahozirgigacha yetib kelgan. Mil. av. 14-a.ning 1-yarmida tasviriy sanʼatda quruq dekorativlik koʻproq koʻzga tashlandi (firʼavn Tutanhamon maqbarasidan topilgan oltin niqob va b.). Mil. av. 14-a.ning 2-yarmidan ibodatxonalar kurilishi kengaygan bu davrda binolarning dabdabali va mahobatli boʻlishiga eʼtibor qaratildi (Karnakdagi 134 kolon nali, devor va kolonnalariga rangdor relyeflar ishlangan ibodatxona). Qoya ibodatxonalari ham koʻplab qurilgan (Abu Simbaldagi Ramses II ning katta ibodatxonasi).
 
Qad. M.da amaliy-bezak sanʼati yuksak darajada taraqqiy etganligiga bizgacha saqlanib qolgan shifer, ganch, billurdan ishlangan idishlar, fil suyagi va yogʻochdan yasalgan qoshiqchalar, tilla baldoq, uzuk, munchoqlar, qimmatbaho toshlar qadab, oʻyma naqsh, tasvir ishlangan qutichalar, badiiy mebel va b. misol boʻlishi mumkin.