Qadimgi Yunoniston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
"'''YUNONISTON, Qadimgi Gretsiya, Ellada''' — Bolqon ya.o.ning jan., Egey dengizidagi orollar, Frakiya sohillari, Kichik Osiyoning gʻarbidagi dengiz sohil..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 7:
da Makedoniya yuksalgan. Uning podshohi Filipp II Xeroneya jangida (338) yunon shaharlari koalitsiyasi ustidan gʻalaba qozonib Yu.ni tobe etgan. Aleksandr (Iskandar) saltanati parchalangach, ellinizm davrida (3—2-asrlar) Yu.da hukmron boʻlish uchun kurashayotgan harbiylashgan tipdagi davlatlar va ittifoqlar koʻp boʻlgan (Makedoniya, Axey ittifoqi, Etoliya ittifoqi). Mil. av. 197 yil Kinoskefal jangida Rim qoʻshinlari Makedoniya ustidan gʻalaba qozongach, Rim Yu.dagi oligarxiyani quvvatlab, mamlakatning ichki ishlariga aralasha boshlaydi. Mil. av. 148 yil Makedoniya, Illiriya va Epir Rim provinsiyasiga aylantirilganlar. 146 yildan (Axey ittifoqi rimliklar tomonidan tormor etilgandan soʻng) Yu.Rimga tobe boʻlgan (mil. av. 27 yildan uning hududida Rimning Axayya provinsiyasi barpo etilgan), faqat nomiga Afinagina erkin shahar deb hisoblangan. Mil. 4-asrdan Yu.Vizantiyaning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan.
 
Falsafasi. Antik falsafa falsafa tarixida muhim oʻrin tutadi. U avvalo, falsafa tushunchasining fanga kirib kelishiga sababchi boʻldi, hoz.hozirgi kungacha boʻlgan barcha falsafaga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatdi. Yuz yil davom etgan tayyorgarlik davridan soʻng yunon falsafasining mumtoz davri boshlandi. Uning gullab yashnashi mil. av. 7—6-asrlarga toʻgʻri keldi, taʼsiri esa ming yil mobaynida sezilib turdi. Vizantiya va islom mamlakatlarida yunon falsafasining hukmron taʼsiri keyingi ming yillikda saqlanib qoldi; keyinchalik, Renessans va gumanizm davrlarida, Yevropada yunon falsafasining uygʻonishi yuz berdi, bu esa Renessans davri platonizmi va aristotelizmidan boshlab Yevropa falsafiy tafakkurining butun taraqqiyotigacha boʻlgan davrdagi ijodiy yangilanishlarga olib kedsi.
 
Yunon falsafasi mil. av. 6—5-asrlarda butun Yu.dagi yunon polislari falsafasining davomchisi boʻlgan mumtoz yunon ellinistik falsafasi (mil. av. 4-asr) va ellinistikRim falsafasiga, yaʼni mil. av. 3-asrdan mil. 6-asrgacha davom etgan Rim imperiyasiga tarqagan ellinistik falsafaga boʻlinadi. Ellinistik falsafa Sokratgacha boʻlgan falsafa (mil.av. 6—5-asrlar) va mumtoz (klassik) falsafaga (Sokrat, Platon, Aristotelʼ — mil. av. 4-asr) ajraladi. Sokratgacha falsafa, oʻz navbatida, kosmologik (gilozoistik) falsafaga (mil. av. 6—5-asrlar) va antropologik falsafaga (mil. av. 5—4-asrlar) boʻlinadi.