Muhitdin Qoriyoqubov — versiyalar orasidagi farq

k
hoz. → hozirgi
k (in-t → institut)
k (hoz. → hozirgi)
'''Qoriyoqubov Muhitdin''' (1896.1.5, hoz.hozirgi Fargʻona — 1957.22.2, Toshkent) — ashulachi, opera xonandasi (bariton), aktyor, oʻzbek musiqali teatri asoschilaridan. Turkiston Respublikasining birinchi xalq hofizi (1923), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1930), Oʻzbekiston xalq artisti (1936). Dastlab eski maktab, 1912—14 y.larda madrasada tahsil koʻrib, qiroatni yaxshi egallagan, qori sifatida ham tanilgan. Yoshligidan xalq ashulachilik anʼanalarini oʻzlashtirgan Q., ayni paytda yangi sanʼat shakllariga qiziqib, Fargʻonada mahalliy sozandalardan iborat ilk puflama sozlar orkestrlarida ishtirok etgan, orkestrni tashkil etgan (1916). Konsertlarda faol qatnashib, xalq va mumtoz ashulalar ("Yoʻl boʻlsin", "Gʻayra-gʻayra", "Olmacha anor", "Koʻcha bogʻi" va h.k.)ni ijro etgan.
 
Fargʻona oʻlka musulmon siyosiy dramatik truppasida aktyor, rej. (1918— 20) va rahbar (1921) boʻlib, Fargʻona va Zakaspiy frontlari va hududlarida madaniy xizmat qilgan. Toshkentda K.Shorshteyn teatr-studiyasi (1919), Moskvada teatr sanʼati instituti (1922—24)da tahsil koʻrgan. Tamaraxonim bilan "Sharq kechalari" (Moskva), Jahon amaliy sanʼat koʻrgazmasi (1925, Parij), shuningdek Berlin konsert sahnalarida oʻzbek qoʻshiq, yalla va laparlarini yangicha talqin etib, zamonaviy oʻzbek synʼatini ilk bor Yevropada targʻib etgan.
516 159

ta tahrir