Rasm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Birlashtirish andozasi almashtirildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 4:
R.ning tugal mazmun, maʼlum gʻoyaviy estetik qarashlarni ifodalovchi mustaqil (dastgoh) hamda biror sanʼatga bogʻliq (kitob bezagi, ilmiy ishlarni izohlashga yordam beruvchi qoʻshimcha material va b.) holda yaratiladigan turi mavjud. Tasviriy, amaliy bezak sanʼati va meʼmorlikda R. muhim oʻrin egallaydi, ularning asosini oʻrganish R.dan narsa, buyumlarni yuza (qogʻoz)da tasvirini ishlashdan boshlanadi. Borliqni oʻrganish va bilish, real borlikdan abstrakt tafakkurga oʻtish jarayonida R. katta imkoniyatga ega. Badiiy R. tekis yuzada ishlanadigan barcha tasvirlar (rangtasvir, grafika, boʻrtma tasvir — relyef)ning asosini tashkil etadi, bajarilishiga koʻra tugallangan (portret, manzara va b.) hamda naturadan yaratilgan xomaki R., chizgi, eskiz, etyud va b. turlari farqlanadi. Yagona nusxada yaratilishi bilan R. grafika, gravyura va litografiyadan farq qiladi. R. rangtasvirda asar yaratishning dastlabki bosqichi boʻlib, unda boʻlajak asarning tuzilishi, buyum va obrazlarning fazoviy joylanishi, koʻrinish chegara chiziklari, oʻlcham va uning nisbatlari belgilab olinadi. Grafikada R. badiiy ijodning mustaqil va asosiy yoʻnalishi hisoblanadi hamda uning turlari asosini tashkil etadi. Rassom gʻoyaviy estetik qarashlarini qalam, koʻmir qalam, sangina, pastel va b. vositasida ifodalab, moʻʼjiza yaratishi va kishini hayratlantiradigan darajadagi sanʼat asarini maydonga keltirishi mumkin.
 
R. badiiy taʼlimning (asosan, naturadan chizish, oʻquv mashqi) asosini tashkil qiladi. R. texnologik jihatdan quruq va suyuq holdagi boʻyoq ashyolaridan foydalanib bajariladi. Eng qad. quruq boʻyoq — koʻmirga aylangan yongan yogʻoch qoldiqlari boʻlgan. Uoʻgʻonish davrida italyan qalami (qora boʻr) va sangina (qizil boʻr) ishlatila boshlangan, 16-a. oxiridan grafit, 18-a.da bugungi kunda keng tarqalgan qalam amalda qoʻllanila boshlagan. Suyuq boʻyoqlar (tush, siyoh, sepiya, bistr) yuzaga pero, qush pati, moʻyqalam yordamida tushiriladi, bu boʻyoqlar alohida yoki aralashtirib ishlatilishi mumkin. R. oʻrnida hoz.hozirgi kunda qalamtasvir, chizmatasvir iboralari ham keng ishlatiladi (Mas, rangtasvir R.i, yaʼni uning qalamda ishlangan tasviri — qalamtasvir).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==