Sahihi Buxoriy: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k hoz. → hozirgi |
||
Qator 1:
"SAHIHI BUXORIY" (asl nomi "alJomiʼ assahih" — "Ishonchli toʻplam") — 6 ta ishonchli hadis toʻplamidan biri. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil alBuxoriyning 4 jilddan iborat bu hadislar toʻplami islom olamidagi boshqa muhaddislar toʻplagan hadis toʻplamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Toʻplamda fiqh, oila, nikoh, meros, ilm-maʼrifat, imon, eʼtiqod, axloqodob, taʼlim-tarbiya va b. masalalar yoritilgan. Unda islom arkoilariga aloqador mavzular bilan birga oʻsha davr tarixi va etnografiyasiga oid koʻpdankoʻp maʼlumotlar mavjud. Imom alBuxoriy 600 mingga yaqin hadis toʻplab, ulardan takrorlanadiganlari bilan 7275 tasini ishonchli deb hisoblab kitobiga kiritgan. Toʻplamda takrorlanmaydigan hadislar soni 4000 tadan iborat. "Sahih", yaʼni ishonarli hadislarni boshqa hadislardan ajratib, alohida toʻplam shakliga keltirish anʼanasini birinchi boʻlib Imom alBuxoriy boshlab bergan. Shundan keyin Imom Muslim, Imom atTermiziy, Imom anNasoiy, Imom Abu Dovud, Ibn Moja kabi yirik muhaddislar ham uning izidan borib, sahih hadislarni alohida toʻplam shaklida tasnif etishni boshlaganlar. Imom alBuxoriyning bu shoh asari dunyo yuzini koʻrganiga qariyb 1200 y. boʻldi. Lekin u to shu vaqtgacha ham islom manbalari boʻyicha Qurʼoni karimdan keyin ikkinchi oʻrinni egallab kelmoqda. Ushbu asarning koʻplab nusxalari islom olami boʻylab keng tarqalgan. Hatto oʻrta asrda yashagan ayrim adib va xattotlar uchun bu asardan nusxa koʻchirib berish anʼanasi boʻlgan. Asarning asrlar osha bizgacha yetib kelgan turli arab yozuvi uslubida bitilgan qoʻlyozma nusxalari mamlakatimizda va xorijiy yurtlarda mavjud. "S.B." asariga koʻpdankoʻp sharhlar yozilgan. Muqim manba sifatida u qaytaqayta nashr etilib kelinmoqda. 1974 y. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari tashabbusi bilan mamlakatimizda islom dunyosi vakillari ishtirokida asar muallifi — Imom alBuxoriyning 1200 yillik yubileyi nishonlangan edi. Shu munosabat bilan "SB." arab tilida Toshkentda qayta nashr etildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻnggina toʻlaligicha oʻzbek tiliga oʻgirildi:
== Manbalar ==
|