Sevgi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 10:
Sevgi, mehr, sadoqat darajasidagi M. odamlar va hayvonlarning genetik dasturida mavjud boʻlgan biologik hodisa sifatida oʻzidan avlod qoldirish, uni hayotga tayyorlashga qaratilgan kuchli his-tuygʻuning namoyon boʻlishidir. Bu, hayvonda ham, odamda ham oʻz zoʻrriyotini saqlab qolishga qaratilgan ehtirosli ehtiyojlarni jinsiy munosabatlar shaklida yuzaga chiqaradi. M. faqat 2 jinsning birlashishiga boʻlgan kuchli ehtirosdan iborat boʻlibgina qolmay, ayni chogʻda u odamning ota-onasi, qarindosh-urugʻlari, yaqin kishilari, doʻstlari, qoʻni-qoʻshnilari, oʻquv va mehnat jamoalari, oʻz xalqi va Vatani hamda umuman bashariyat bilan ruhan yaqinlashishning kuchli vositasi hamdir. M. tufayli individ goʻzal feʼl-avtorni, xulqni oʻzida gavdalantirib, muayyan jamoa va jamiyat oldida yuksak qadr topadi, boshqalarda oʻziga nisbatan samimiy mehr-oqibatni uygʻota oladi. Shuning uchun ham bilish nazariyasida M. olam va odam munosabatlarini anglash jarayenining boshlanishi va shart-sharoiti ham hisoblanadi. Odam olamni, oʻzini kur-shagan tabiiy va ijtimoiy muhitni ularga boʻlgan M.i darajasida anglaydi. M. odamlar va narsalar mohiyatini bilib olish uchun aqlga yoʻl ochadi, qorongʻu dunyoni yorugʻ etadi, ezgulikni yovuzlikdan, rostni yolgʻondan farqlash mezoni sifatida ham namoyon boʻladi. M. odamlarni, turli jamoalarni, xalqlarni, millatlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. M. bor joyda murakkab muammolar ham osonlikcha hal boʻladi, hatto urushlarga, janjallarga oʻrin qolmaydi. Shuning uchun ham bir guruh faylasuflar insoniyat tarixida M. dinini yaratish orqali xalqlarni, odamlarni birlashtirish, hamkorhamna-fas qilish mumkin, degan gʻoyani ham ishlab chiqqanlar.
 
Fantexnika inqilobi shitob bilan davom etayotgan, insonga iroda va individual erk berish orqali ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirish va binobarin, eng qulay turmush sharoitini vujudga keltirish mumkinligi ayon boʻlgan hoz.hozirgi davrda anʼanaviy turmush tarzi izdan chiqib, yangi zamonga monand keladigan hayot tarzi hali shakllanib ulgurganicha yoʻq. Bunday sharo-itda odamlardagi M. his-tuygʻulari siyqalashib, dagʻallashib borayotgani, yakka nikohlikka asoslangan oilalarning qadrsizlanishi (ayniqsa, Gʻarbda) natijasida chinakam M.ga putur yetayotgani ham kuzatilmoqda.
 
2) Tasavvufda Allohga yetishish ("haqiqatga erishish")ning asosiy vositasi. Axmad Yassaviy, Sulaymon Boqirgʻoniy, Soʻfi Olloyor va sh.k. shoirlar sheʼrlarida insonni bu dunyoga emas, Allohga M. qoʻyishga chaqiradi. Yassaviy fikricha, kishi butun hayotini Allohga, ilohiy M.ga bagʻishlashi kerak, hayotning mohiyati Alloh — "haqiqat"ga erishishdir. Allohdan oʻzgaga boʻlgan M. soliklar nazarida majoziy M. sanalgan. Tasavvufona bitilgan gʻazal va sheʼrlarda majoziy M. orqali haqiqiy M. tarannum etiladi.