Taras Shevchenko: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
'''Shevchenko Taras Grigoryevich''' [1814.25.11(9.3), hoz.hozirgi Cherkassk viloyati Zvenigorod tumani — 1861. 26.2(10.3), Peterburg] — ukrain shoiri va rassomi. 14 yoshidan pomeshchik P.V. Engelgardtning dastlab Vilshan qishlogʻi, soʻng Vilno, 1831 yildan Peterburg shaharlaridagi uyida rassom chifatida tarbiyalangan. Sh. 1836 y. rassom I.S.Soshenko va u orqali K.P.Bryullov, V.I.Grigorevich, V.A.Jukovskiy singari taniqli rus rassom va adabiyotchilari bilan tanishgan. 1838 yil Bryullovning kimoshdi savdosida topgan puli evaziga krepostnoylikdan ozod etilgan. Shu yil Badiiy akademiyaga qabul qilingan Sh. tasviriy sanʼat sirlarini egallash bilan birga ilgor va kurashchan dunyoqarashli ijodkor sifatida shakllangan.
 
SH.ning ilk balladasi 1838 yilda eʼlon qilingan. Uning 1840 yil Peterburgda nashr etilgan "Qoʻbuzchi" sheʼriy toʻplami ukrain adabiyoti tarixida yangi davrning boshlanganidan darak beradi. Sh.ning romantik ruh bilan yoʻgʻrilgan ilk ijodida ballada, qoʻshiq va "oʻylar" ustuvorlik qiladi. "Katerina" (1838) singari dastlabki sheʼr va dostonlarida krepostnoy voqelikka boʻlgan norozilik kayfiyati yaqqol ifodalangan. Sh. ijodining shoh namunalaridan biri — "Gaydamaklar" (1841) dostonida ukrain xalkining 1768 yilda polyak feodallari zulmiga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni tasvir etilgan. Sh. 1842—43 yillarda rus tilida "Nikita Gayday" dramasi, "Koʻr qiz" va "Isteʼdodsiz" dostonlarini, rus va ukrain tillarida esa "Nazar Stodolya" (1843) dramasini yozgan.