Shotlandiya — versiyalar orasidagi farq

k
hoz. → hozirgi
(Yangi maqola yaratildi)
 
k (hoz. → hozirgi)
SH.ning qadimiy aholisi piktlar boʻlgan. 5—6-asrlarda Irlandiyadan skottlar koʻchib kela boshlagan. Sh. nomi (5so11aps1 —skottlar mamlakati) shundan kelib chiqqan. 7-asrda Sh. hududining jan.ga angllar kelib joylashgan. 11-asrdan Sh. qirolligi tashkil boʻldi. 11 a.ning 2-yarmida Sh. Angliyaning normann bosqinchilari hujumiga uchradi. Shotland qiroli oʻzini Angliya qirolining vassali deb tan oldi. 1296—1314 yillarda Sh. Angliyaga qarshi mustaqillik urushini olib bordi. 1328 yil Angliya Sh. mustaqilligini tan oldi. 16-asrda cherkovni isloh qilish harakati avj oldi (q. [[Reformatsiya]]). 1560 yil Sh. parlamenti (1289—92 yillarda tashkil topgan) mamlakatda presviterianlik cherkovini taʼsis etish toʻgʻrisida Kovenant — shartnomani eʼlon qildi. 1603 yil Styuartlar sulolasi ingliz taxtida tasdiqlangach, Sh. Angliya bilan shaxsiy ittifoq (uniya) sifatida birlashdi. 1651 — 52 yil rasmiy ravishda Angliyaga qoʻshib olindi. 1707 yil Sh.Angliya ittifoqi toʻgʻrisidagi hujjat qabul qilingach, Sh. butunlay Angliyaga qoʻshildi.
 
Adabiyoti. Sh.da gel tilida boy xalq ogʻzaki ijodi mavjud. 13-asrdayoq xalq balladalari, qoʻshiqlari, bardlar asarlari paydo boʻlgan. Sheʼriyat gel adabiyotining oʻtgan davrlardagi ham, hoz.hozirgi zamondagi ham asosiy janridir (A.Makdonald, D.Makintayr 18-asr shoirlaridir). Mustaqillik uchun kurash (1296—1314) ingliz tilining shotland variantida vatanparvarlik sheʼriyatining rivojiga olib keldi (J.Barborning "Bryus", G.Menestrelning "Uolles" dostonlari va boshqalar). 15—16-asrlarda shotland sheʼriyatida umumevropa adabiyoti uchun mushtarak boʻlgan gumanistik gʻoyalar aks etdi [qirol va shoir Yakov I (1394—1437)ning "Qirol kitobi" dostoni, R.Xenrison (1430— 1506)ning "Kressida vasiyati" dostoni va masallari]. Uygʻonish davrshtt qaldirgʻochi G.Duglas (1474—1522) "Qalb qiroli" (1516) dostonini yozdi. A.Skott (taxm. 1525—85) va A.Montgomeri (taxm. 1556—1610) gumanistik lirikaning yorqin namunalarini yaratishdi. 17-asr adabiyoti siyosiy va diniy kurash ohanglariga toʻla boʻlsada, u oʻtgan asrlardagidek baquvvat emas edi. 18-asr shoirlari A.Ramzey (1680—1758), R.Fergyuson (1750—74) oʻz sheʼrlariga xalq sheʼriyatidagi hayotiylik va erksevarlikni olib kirdilar. R.Byornsnnsh oʻziga xos chuqur demokratik sheʼriyatida erksevar xalqning haqiqat va tenglik haqidagi orzulari oʻz ifodasini topdi. 17—a.lardan boshlab koʻp shotland adiblari milliy koloritni saqlagan holda ingliz tilida ijod qildilar (U.Drammond, J.Bosuel, T.J.Smollet, L.Karleyl, M.Spark va boshqalar). 19asr jahon adabiyotining buyuk vakili V.Skott yangi davr adabiyotidagi tarixiy roman janrining asoschisi boʻldi. Kechki romantizm namoyandalaridan R.L.Stivenson (1850—94) tarixiy romanlari shuhrat qozondi. 20-asrning 20-y.laridan shotland Uygʻonishi deb atalgan davr — sheʼriyatning gullagan davri boshlandi. Uning yorqin vakili Xyu Makdiarmid (1892—1978) boʻldi. 1930-y.larda D.Allan, L.Gressika Gibon, J.Bleykning ijtimoiy mavzudagi romanlari yuzaga keldi. 1970—90 yillardagi mashhur adiblar: R.Jenkins, J.M.Braun, I.K.Smit.
 
Meʼmorligi. Sh. hududida urugʻchilik tuzumi davrlariga mansub choʻponlarning tosh kulba, yertoʻla va silindrsimon minoralardan iborat qishloqlarining qoldiqlari saqlangan. Urta asrlarda ilk xristianlik cherkovlari hamda murakkab geometrik va oʻsimliksimon naqshlar bilan uygʻunlashgan diniy mazmundagi tasvirlar ishlangan tosh butlar yaratildi. 12-asrdan roman uslubida binolar, 13-asrdan gotika uslubida ibodatxona va qoʻrgʻonlar bunyod etildi. 15—17-asrlarda qoʻrgʻonlar minorali saroylar shaklida qurildi. 18-asrda klassitsizm uslubi shaharlarga hasham baxsh etdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida kottejlarning yangi tiplari yaratildi va milliy anʼanalarda bezatildi (meʼmor B.Skott va boshqalar). Meʼmor Ch.R.Makintosh shotland moderni uslubida binolar yaratdi. 20-asr oʻrtalarida turar joy majmualarini qurish rivojlandi (Glazgo shahridavgi Toriglen turar joy majmuasi, 1955—56, meʼmor J.O. Bent). Yoʻldoshshaharlar barpo boʻldi. Tasviriy sanʼati. Sh.da tasviriy sanʼat milliy maktablari 18-asrning 2-yarmida shakllangan. Bu davr tasviriy sanʼati G. Rebyorn, E. Geddes, P.Nesmit, J.Tomson, D.Uilki kabi romantik rassomlar ijodi bilan bogʻliq. 19-asr Sh. rassomligida portret, manzara va boshqalar janrlar keng yoyilgan. 20-asrda impressionizm anʼanalarida (U.Markgregor, U.MakTaggart), ekspressionizmga yaqin ruhda (S.Peplo, L.Xanter, J.Maksuell) asarlar yaratildi. 20-asrning 50—80-y.larida J.Erdli, R.Filipson kabi rassomlar samarali ijod qildilar. Xalq sanʼatida jun mato toʻqish, yogʻoch oʻymakorligi, savat toʻqish, rangbarang kulollik buyumlari tayyorlash va boshqalar rivoj topgan.
516 159

ta tahrir