Shri Lanka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 29:
Adabiyoti, asosan, singal, shuningdek, tamil va ingliz tillarida rivojlanmoqda. Singal tilidagi dastlabki asar 6-asrda paydo boʻldi. Oʻrta asr singal adabiyoti qadimiy hind adabiyotidagi xronika va doston janrlarini oʻzlashtirdi. 13-asrdan buddaviylik gʻoyalarini targʻib etuvchi oddiy tilda yozilgan nasr muhim oʻrin egalladi. Vidyachakravartning "Buddaning qarorgohi", Mayurapadetxeroning "Xayrehson tarixi" pandnasihatlar toʻplami singal adabiyotida birinchi marta dehqonlarning ogʻir hayotini tasvirlagan muhim nasriy asardir. Qishloq hayoti budda rohiblari Dxarmasena, Dxarmakirtimaxatxero asarlarida ham aks ettiridsi. 15-asrda sheʼriyat, asosan, dostonmaktub yetakchi oʻrinni egalladi (Shri Raxula, Vettevetxero, Vidagama). 16-asr oxiri — 17-asr boshlari sheʼriyatining yorqin vakili Alagyavanna Moxottaladir. Portugal, niderland, keyinchalik inglizlar mustamlakachiligi adabiyot taraqqiyotini sekinlashtirdi. 20-asr boshlarida singal tilida S. de Silva, P. Sirisenaning birinchi romanlari paydo boʻldi. V.A Silva tarixiy va satirik roman, hikoyalar yozdi. Realizmning qaror topishi, singal adabiy tilining rivoji yozuvchi va adabiyotshunos M. Vikramasingxe (1891 — 1976) nomi bilan bogʻliq. U singal nasrida birinchi marta ishchilar sinfi vakili obrazini yaratdi. X. Munidas, G.B. Senanayake, K.Jayatilaki, E. Saratchandra kabi yozuvchilar oʻz asarlarida insonparvarlik gʻoyalarini olgʻa surdilar. M.Ratnayake, G. Liyanage, A.V. Suravira, K.Karunaratna roman va qissalarida muhim ijtimoiy muammolar koʻtarilgan. Shoirlar S. Maxinda, S. Palansuriya, G.X. Perera va boshqalar, dramaturglar A. Samaravira, E. Saratchandra, V.A. Abesinxe va boshqalar samarali ijod qildilar. 1969 yil Sh.L.ning ilgʻor yozuvchilari "Xalq yozuvchilari fronti" tashkilotiga birlashdilar. Sh.L.ning tamil tilidagi koʻp asrlik adabiyoti Hindiston tamil adabiyoti izidan rivojlanib kelmoqda. 20-asrda sheʼriyat, novella rivojlandi. Yozuvchi va shoirlardan S.P. Amarasingam, J. Vedjatunga, K. Daniyel, D. Jiva va boshqalar mashhur. Ingliz tilidagi adabiyot 19-asrda paydo boʻldi. R.L. Spittel, G. Virasuriya, R. Proktor, A. Ranasingxe, J. Gunaverdena 20-asrning mashhur yozuvchilaridir.
 
Meʼmorligi. Sh.L. sanʼatining qadimiy davri (mil. av. 3-asr — mil. 8-asr) Hindiston sanʼatiga koʻp jihatdan oʻxshash boʻlib, asosan, Anuradhapuradagi buddaviylik bilan bogʻliq boʻlgan yodgorliklarda mujassamlangan. Oʻrta asr (8—13-asrlar)da qurilishlar aksariyat yangi poytaxt — Polonnaruvda olib borilgan. Sh.L. mustaqillikka erishgach, milliy meʼmorlik maktabi shakllandi; shahar va qishloq majmualari paydo boʻldi. Meʼmorlikda oʻrta asr milliy belgilari hoz.hozirgi yevropa qurilish usullari bilan uygʻunlashib ketdi (Kolombodagi Davlat milliy assambleyasi binosi, 1948; "Silon Interkontinental" mehmonxonasi, 1970-y.lar boshi; Kolombodagi Solomon Bandaranaike haykali, 1976).
 
Tasviriy sanʼati. Sh.L. sanʼatining ilk davri Hindiston sanʼati, xususan, buddaviylik bilan bogʻlangan (ibodatxonalar haykallar bilan bezatilgan). Dunyoviy tosh haykaltaroshligining koʻpgina namunalari, maʼbudalarning metalldan yasalgan haykalchalari, qoyatoshlarga ishlangan mashhur Sigiriya naqshlari saqlangan. Mustamlakachilik davrida (16-asrdan) Sh.L.da amaliybezak sanʼati rivojlandi (metall, yogʻoch, fil suyagi, lok, tosh hamda loydan badiiy buyumlar ishlandi). Shuningdek, zargarlik bezaklari, badiiy gazlama, kashta, yogʻoch niqoblar tayyorlandi.