Sirk: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 5:
'''Sirk''' (lot. circus — doira, aylana) — sanʼat turi. Akrobatika, gimnastika, ekvilibristika, klounada, jonglyorlik, polvonlik, illyuzionizm, ot oʻyinlari, dorbozlik, hayvon oʻrgatish kabi janrlarni oʻz ichiga oladi. Sirk artisti aql bovar qilmaydigan oʻyinlar koʻrsatib, insonning cheksiz imkoniyatlarini namoyish etadi, uning akli, epchilligi, jasurligi, kuch-qudratini uluglaydi va S.ning oʻziga xos badiiy ifoda vositalari orqali ruhan va jismonan barkamol insonning umumlashgan badiiy obrazini yaratadi. Bu obraz — tryuklar, yaʼni mohirlik va epchillik bilan bajariladigan harakatlar yordamida ochiladi, artistning boshqa ifoda vositalari — aktyorlik mahorati, plastikasi, imo-ishorasidir. Har bir sirk tomoshasi — sirk sanʼatining mukammal badiiy asari. Turli janrdagi bir necha tomoshalardan sirk dasturlari tuziladi.
 
Sirk sintetik sanʼat boʻlib, teatr, xoreografiya, vokal, rassomlik, kino elementlaridan foydalanadi. Insonparvarlik, baynalmilallik gʻoyalarini targʻib etib, xalqchilligi, ommaviyligi, demokratik yoʻnalishi bilan ajralib turadi. S. qadimdan maʼlum boʻlib, odamlarning mexnat jarayoni, urf-odatlari, tomoshalari, harbiy va sport mashklaridan yuzaga kelgan. Xalq sayillarida namoyish etiladigan may-don tomoshalari va teatrlashtirilgan sport musobaqalari takomillasha bo-rib, sanʼat turiga aylangan. S.ning alohida janrlari Qad. Misr, Rim, Yunoniston, Xitoy va b. mamlakatlarda mil. av. 1-ming yillikdan boshlab rivojlangan. Kds. Rimda mil. av. 6-a.dan boshlab, ellips shaklidagi otchoparlarda oʻtkaziladigan chavandozlik musobaqalarida akrobatlar, dorbozlar, jonglyorlar, gladiatorlar, hayvon oʻrgatuv-chilar va b. oʻz tomoshalarini namoyish etishgan. Kds. Xitoyda (mil. av. 3—2-a.lar) akrobatika, gimnastika, ekvilibristika, illyuzionizmning oʻziga xos oʻyinlari keng tarqalib, ular anʼanaviy teatr tomoshalari bilan uygʻunlashib ketgan. Qad. Armaniston va Gruziya amfiteatrlarida goh teatr, goh sirk tomoshalari koʻrsatilgan. Kiyevdagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi (1037) devorlarida sozanda, polvon, muallaqchi, ot ustida mashq kilayotgan chavandozlar aks ettirilgani bu yerlarda sirk tomoshalari koʻrsatilganidan dalolat beradi. Urta ayerlarda S. ning rivojlanishida xalq sayyor artistlari alohida rol oʻynagan. 12-a.dan boshlab, avval Italiyada, soʻng Yevropaning boshqa mamlakatlarida maxsus ot minish maktablari ochildi va bu yerda dastlabki sirk chavandozlari taʼlim oldi. 1770 y. F. Astley Londonda chavandozlik maktabini ochadi, 1780 y. esa alohida amfiteatr qurib, oʻrgatilgan otlar ish-tirokida tomoshalar koʻrsata boshladi. Bu tomoshalarda hayvon oʻrgatuvchilar, klounlar, dorbozlar katnashadilar hamda tarixiy mavzudagi teatrlashtirilgan sahnalarda rollar ijro etishgan. F. Astley amfiteatri jahonda birinchi statsionar sirk hisoblanadi. 1807 y. A. Franko Parijda "Olimpiya sirki"ni ochdi va shu yildan boshlab "sirk" atamasi keng ishlatila bosh-landi. 19-a.ning 2-yarmida Yevropa mamlakatlarida hamda Shim. Amerikada S. keng rivojlandi. Yirik shaharlarda yirik sirk binolari qad koʻtardi: Moskvada K.Ginne (1866) va A.Salamonskiy (1880), Berlinda G.Shuman (1868), Peterburgda G. Chinizelli (1877), Bryusselda E.Vulf (1892) sirklari va b. 1873 y. tadbirkor T. Barnum AQShda mahobatli koʻchma sirk qurib, tomoshalar bir vaqtning oʻzida 3 ta manejda namoyish qilingan. 19-a.ning oxiriga borib, hoz.hozirgi tushunchamizdagi koʻp janrli sirk dasturlari shakllandi.
 
S. Sharq mamlakatlari, xususan, Oʻzbekistan hududida qadimdan maʼ-lum boʻlgan. Afrosiyob, Parfiya, Xolchayon, Panjikent, Xorazmda mil. av. 3-a. — mil. 2-a.ga oid qazish ishlari jarayonida topilgan bir qator tasviriy sanʼat asarlari va polvon, muallaqchi, masxarabozlarning haykalchalari, oʻrta asrlarga oid adabiy manbalar bu yerda sirk tomoshalarining keng tarqalganligini koʻrsatadi. Baʼzi man-balar Amir Temur saroyida dorbozlar, polvonlar, muallaqchilar hamda oʻrgatilgan fillar va otlar tomoshasi koʻrsatilganini tasdiqdaydi.