Toksikologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Maʼnolari|Toksikologiya (maʼnolari)}}
'''Toksikologiya''', veterinariya toksikologiyasi — zaharli moddalar xususiyatlari va ularning qayvonlar (qishloq xoʻjaligi. hayvonlari, ovlanadigan va boqiladigan yovvoyi hayvonlar, baliqlar, asalarilar) organizmiga taʼsirini, pestitsidlar qoldiklari va b. zaharli moddalar bilan ifloslangan ozuqalarni veterinariyasanitariya jihatidan baholash, zaharli oʻsimliklar, mikroskopik zamburugʻlar, suv oʻtlaridan zaharlanish va ularning oldini olish, zaharlangan xayvonlarni davolash, ozuqalarda, xesh goʻsht mahsulotlaridagi zaharli kimyoviy birikmalarning ruxsat etilgan qoldiq miqdorini aniklash, ularni tahlil kilish va b. masalalar bilan shugʻullanadi.
'''Toksikologiya''' (yun. toxikon zahar va ...logiya) — tibbiyot sohasi; zaharli moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlari, ularning tirik organizmlarga taʼsiri mexanizmi, zaharlanish alomatlarini oʻrganadi. Zaharlanishning oldini olish va davolash vositalarini, shuningdek, zaharlarning kichik dozalarda davo taʼsiriga ega ekanligini aniqlash va undan foydalanish yoʻllarini izlab topish ishlari bilan shugʻullanadi.
 
Veterinariya toksikologiyasi sohasida 20-a.ning 70-y.larida Oʻzbekiston veterinariya institutoʻ toksikologiya boʻlimida, Samarkand qiimoq xoʻjagik instituti veterinariya fti kafedralarida i.t.lar amalga oshirildi. Oʻzbekiston hududida oʻsadigan zaharli oʻsimliklardan kampirchopon, mingdevona, bangidevona singari oʻsimliklar, gallani zararlovchi krrakuya, chorva ozukasida ishlatiluvchi kunjara, sheluxa, chigit singari paxta chiqindilari tarkibidagi gossipol moddalari, shuningdek, kimyoviy pestitsidlar bilan qishloq xoʻjalik hayvonlarining zaharlanishini tashxis qilish, ozuqa va chorvachilik mahsulotlarini veterinariyasanitariya jihatidan baholash masalalari boʻyicha muhim ilmiy ishlar olib borildi. Veterinariya T.si rivojlanishiga oʻzbekistonlik olimlardan X.Z. Ibragimov, N. X. Shevchenko, F.I.Ibodullayev, R.X.Xaitov, T.B.Boymurodov, Q.Norboyev, N. Davlatov, V.R.Xaitov, D.Sh.Muratov va b. muhim hissa qoʻshdilar.
T.ning asosiy maqsadi, asosan, etiologiyasi kimyoviy omil hisoblanadigan noepidemik kasalliklarning kelib chikish sabablarini aniklash, oldini olish va davolash hamda moddalarning inson organizmiga uzoq muddat davomida zararli taʼsirini oʻrganish va bartaraf etishga karatilgan.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi Respublika veterinariya lab.da, Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent sh. veterinariya lab.larida kimyotoksikologiya boʻlimlari mavjud boʻlib, ular tomonidan hayvonlar zaharlanishida diagnostik tekshirishlar, shuningdek, pestitsidlar koldiqlarini saqlovchi chorvachilik mahsulotlari hamda ozuqalarini veterinariyasanitariya ekspertizasi oʻtkaziladi.
T. kommunal gigiyena fanining asosiy boʻlimlaridan boʻlib, tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining tibbiy profilaktika ftlarida oʻqitiladi. T.ning fan sifatida rivojlanishida Sh.T.Otaboyev, T.I.Iskandarov va b.ning hissasi katta.
 
== Adabiyot ==
Oʻzbekiston olimlari tomonidan hayvonlar ustida oʻtkazilgan tajriba natijalariga asoslanib moddalarning zaharliligi va xavfliligini bagʻolash boʻyicha tasnif ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, zaharli moddalarning organizmga tushish yoʻllari, oʻlimga olib boruvchi oʻrtacha dozasi (konsentratsiyasi) va b.ni bir-biriga bogʻlagan holda xavflilik sinflariga boʻlish tavsiya qilingan.
* Radkevich P.Ye., Veterinarnaya toksikologiya, M., 1972.
 
Hoshim Nurmamatov.
"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida"gi qonunga asosan, hukumatimizning toksikologiya sohasidagi mutaxassis olimlari (Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot inti, II ToshTI kommunal gigiyena kafedrasi va Markaziy ilmiy tadqiqot lab. toksikologiya boʻlimi xodimlari) tomonidan barcha yangi kimyoviy moddalarning zaharlilik va xavflilik darajalari oʻrganiladi. Mac, fosgen kislotasi birikmalarining zaharlilik darajasi, ularning kimyoviy tuzilishiga bogʻliqlik qonuniyatlari aniqlandi (G.T. Iskandarova). Mazkur qonuniyatlarga muvofiq, kimyogar va biolog olimlar hamkorligida kam zaharli va yuqori samarali defoliantlar ishlab chiqildi.
 
{{stub}}