Bosh menuni ochish

Oʻzgarishlar

xulosa tahrirlanmadi
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
{{fan}}
'''Mantiq''', logika — toʻgʻri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shakllari haqidagi fan. M. oʻzining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. M.ga oid dastlabki fikrlar Qad. Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston, Xitoyda vujudga keddi. Qadimda M. falsafa tarkibida boʻlgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan. Yunon falsafasida M. masalalari dastlab Parmenidning "Tabiat toʻgʻrisida" asarida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit taʼlimotida u yoki bu darajada koʻrib chiqilgan. Aristo-/iyelgacha boʻlgan mantiqiy taʼlimotlar ichida Demokritnnt mantiqiy taʼlimoti, Sokrashnchnt induktiv metodi va Platon dialektikasi diqqatga sazovor. M. ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotel nomi bilan bogʻlikdir. U birinchi boʻlib M. oʻrganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Uning "Kategoriyalar", "Talqin haqida", "Birinchi analitika", "Ikkinchi analitika", "Sofistik raddiyalar haqida", "Topika" nomli asarlari M. masalalariga bagʻishlangan. Aristotel M.ni "maʼlum bilimlardan nomaʼlum bilimlarni aniqlovchi", "chin fikrni xato fikrdan ajra-tuvchi" fan sifatida taʼriflaydi. Aristoteldan soʻng M., asosan, stoiklar maktabi vakillarining , Epikur, skeptiklar taʼlimotlarida rivojlantirilgan. Stoiklar M.ning maqsadi inson aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan. Keyinchalik Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida ham M. ilmi shakllandi. Oʻrta Osiyoda ham falsafa va M. mustaqil fan sifatida taraqqiy etdi. Bunda Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bedil kabi buyuk mutafakkirlarning xizmati katta boʻldi. Forobiy oʻzining "Mantiqqa kirish", "Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi" asarlarida M. masalalariga ilmiy bilish metodlari deb qaragan. Forobiy fikricha, M. insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saqlaydi. Forobiy tushuncha, hukm va ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari, moduslarini tahlil qildi. Sillogizm va isbotlash usuli eng toʻgʻri, haqiqatga olib keluvchi usul deb hisobladi. Ibn Sinoning "Kitob ashshifo", "Kitob annajot", "Donishnoma" asarlarida M.ga doyr fikrlari bayon etilgan. "M. bilingan (bilimlar) yordamida bilinmaganlarni qanday qilib aniqlashni koʻrsatadigan, haqiqat va haqiqatsifat bilim va yolgʻon nima ekanligini hamda ular qanday turlarga ega ekanligini aniqlab beradigan ilmdir", degan edi Ibn Sino. U M. ilmini barcha ilmlarning muqaddimasi, ularni egallashning zarur sharti sifatida talqin etdi. Aristotelning M.ga oid taʼlimoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning M. ga oid asarlari orqali Yevropaga kirib keldi. Oʻrta asr Yevropasida M. masalalari, asosan, umumiy va yakka tushunchalarning oʻzaro munosabati do-irasida oʻrganildi. Yangi davrda R. Dekart, F. Bekon, T. Gobbs, V. Leybnits va b. M. ilmi turli yoʻnalishlarining yaratilishiga asos soldilar. 18 — 19-a.lar falsafiy fikrida I. Kant va V. F. Gegel yaratgan mantiqiy tizimlar muhim oʻrin tutadi. Gegel fikricha, falsafa M. shaklida mavjud, uning oʻrganish obʼyektini tafakkur tashkil etadi. M.ning asosiy vazifasi haqiqatni aniqlash, unga erishish yoʻllarini oʻrganishdir.
 
6 586

ta tahrir