Biologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Tasvir:Hayot.jpg|right|300px|thumb|[[Biosfera]] rassom tasavvurida.]]
{{fan}}
'''Biologiya''' ([[yunoncha]] βίος, ''bios'', "hayot"; va λόγος, ''logos'', "bilim") [[hayot]] va u bilan bog‘liq masalalar tadqiqotidir. U [[empiritsizm|empirik]] [[fan]]ning jonli [[organizm]]larning tuzilishi, funksiyalari, o‘zgarishi, kelib chiqishi, evolyutsiyasi va o‘lishini o‘rganuvchi sohasidir. U turli organizmlarni [[taksonomiya|saralaydi]], ularning ishlashini, turlarning paydo bo‘lishini, ularning o‘zaro va [[atrof-muhit]] bilan munosabatlarini tasvirlaydi. Biologiya [[botanika]], [[zoologiya]], [[fiziologiya]] kabi turli ostsohalarga bo‘linadi. Biologiya tirik tabiat toʻgʻrisidagi bilimlar tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon boʻladi. Chunki bu fanda ilgari oʻrganilgan dalillar tarixiylik nuqtai nazaridan maʼlum tizimlarga keltiriladi va ularning yigʻindisi organik olamning asosiy qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratadi.Ana shu qonuniyatlar asosida tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Hozirgi kunda biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va eksperimental usullar kiradi. '''Kuzatish usuli.''' Eng dastlabki usullardan biri boʻlib, uning yordanida har qanday biologik hodisani tasvirlash, taʼriflash mumkin. Keyinchalik bu usuldan turlarni aniqlashda ham keng foydalanilgan. Bu sohada K. Linney juda katta muvoffaqiyatlarga erishgan. Bu usul bugungi kunda ham ahamiyatini yoʻqotmagan.